Xavi: "Kunde borasidagi holat meni tashvishga solmoqda"
23 avg 2022 00:13
Yangiliklar
Xavi: "Kunde borasidagi holat meni tashvishga solmoqda"
"Bu stadionda g'alabaga erishish oson emas. Bu bizga katta kuch beradigan muhim g'alaba bo'ldi. O'zimizga ishonishimiz, ishlashda davom etishimiz, asosiysi o'yinni kuchaytirish borasida rivojlanishimiz kerak. Umuman olganda yaxshi o'yin o'tkazdik, deb hisoblayman.
Qo'rqmasdan harakat qildik, biroq o'yinni o'qiy olishimiz kerak. "Rayo Valekano"ga qarshi o'yindan keyin muvaffaqiyatga erishish oson bo'lgani yo'q.
Ketgan futbolchilar borasidagi holat meni tashvishga solmayapti. Barcha o'z taqdirini o'zi hal qildi. Faqatgina Kundening holati meni tashvishga solmoqda. Balki u bugun tarkibda o'ynagan bo'lardi.
Meni noto'g'ri tushunmang, ammo klub rahbariyati juda katta ishlarni olib bormoqda. Biroq biz futbolchilarni maydonga tushirish uchun olib kelyapmiz. Futbolchilarning o'zi ham buni tushunib turibdi. Keling, kutamiz. Bu borada oldinga qadam tashlashimiz kerak", - dedi Xavi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar