Xavi "Kadis"dan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi
19 apr 2022 19:45
Yangiliklar
Xavi "Kadis"dan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi
"Biz g'alaba qozonish uchun o'ynadik. Oldinga qarab intilishda davom etishimiz kerak.
Tashkil qilgan imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. La Ligada g'alaba qozonish imkoniyati bilan deyarli xayrlashdik. O'ylaymanki, mag'lubiyatdagi asosiy aybdor menman.
Jamoa ko'proq istak, ko'proq ishonch ko'rsatishi kerak edi. Biz chempionlik uchun kurashmoqchi edik, ammo buni uddalay bilmadik.
Kelgusi mavsumda CHempionlar Ligasida ishtirok etish uchun holatimizni yaxshilab olishimiz zarur. O'z vaziyatlarimizdan foydalanishimiz o'ta muhim. CHempionlar Ligasiga chiqishni istasak, boshqa darajada raqobatlashishimiz darkor. O'z-o'zimizni tanqid qilish vaqti keldi.
Futbol, qadriyatlar, etiqod, istak, qarash nuqtai nazaridan yaxshiroq holatga chiqishimiz kerak. Maqsadga erishish yo'lida "Barselona"ga birdamlik suv va havodek zarur. Bu o'yinni yutish kerak edi, ammo mag'lubiyatga uchradik", – dedi ispaniyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar