Xavi: "Jamoada biroz bo'lsa-da, o'sish bor"
09 may 2022 22:31
Yangiliklar
Xavi: "Jamoada biroz bo'lsa-da, o'sish bor"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi jamoa boshqaruvini qo'liga olganidan keyin o'sish haqida gapirdi.
"Gap mening muvaffaqiyatimda emas, gap jamoaning umumiy o'sishida. Kuman ham bu erda yaxshi ishladi, biroq biz boshqacha yo'ldan ketishni istaymiz.
Qaerda ekanligimni yaxshi bilaman, tanqidlarga sabr bilan chidayapman. Menimcha, jamoada biroz bo'lsa-da, o'sish bor. Noyabr oyida yaxshi holatda emasdik deganimda Kumanni tanqid qilmaganman. Fakt, "Barselona" rostdan ham juda yomon holatda edi. "Espanol"ga qarshi ilk o'yinimdan keyin esa jamoadagi o'sish ko'rina boshlandi. Ko'p emas, ozgina.
Xotirjamman. Klub rahbariyatidan mamnunman. Biz bir oilamiz, barcha qarorlar qabul qilib bo'lingan. Gap jamoa haqida ketmoqda. Balki bir kun kelib bu erni tark etsam ham jamoaning o'yinlarini kuzatishda davom etaman", - dedi Xavi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar