Xavi: “Imkon bor ekan, chempionlik uchun kurashamiz”
04 apr 2022 09:55
Yangiliklar
Xavi: “Imkon bor ekan, chempionlik uchun kurashamiz”
La Liga 30-turida “Sevilya” ustidan qozonilgan g'alaba (1:0)dan keyin “Barselona” ustozi Xavi chempionlik haqida fikr bildirdi.
“Bugun La Ligadagi eng yaxshi himoyaga ega ajoyib raqibni mag'lubiyatga uchratdik. “Sevilya” – super jamoa, Lopetegi esa qoyilmaqom murabbiy. Yirikroq hisobda g'alabaga erishishimiz ham mumkin edi.
Matematik jihatdan imkon bor ekan, chempionlik uchun kurashishda davom etamiz. Qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Qolgan o'yinlarda muvaffaqiyatga erishishga intilamiz. “Real” ko'p o'yinlarni boy berishini tasavvur qilish qiyin, ammo biz oxirigacha kurashamiz”, deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, “Real” 69 ochko bilan etakchilik qilmoqda, kataloniyaliklar esa bitta kam o'yin bilan 57 ochko to'plagan holda 2-o'rinda turibdi. SHuningdek, “Atletiko” va “Sevilya” hisobida ham shuncha ochko bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar