Xavi: “G'alabali seriya bizni yanada kuchliroq qiladi”
07 mar 2022 09:05
Yangiliklar
Xavi: “G'alabali seriya bizni yanada kuchliroq qiladi”
“Barselona” ustozi Xavi La Liga 27-turida “Elche” ustidan qozonilgan (2:1) g'alaba haqida gapirdi.
“Natija adolatli bo'ldi deb o'ylayman. Osonlik bilan g'alabani qo'lga kiritishimiz ham mumkin edi. “Elche” yaxshi o'yin ko'rsatdi, bizga esa qiyin bo'ldi, ammo muhimi natijaga erishdik.
Tanaffusda hisobda ortda qolishga loyiqmasligimizni his etdim. Asabiylashdim. Yaxshiroq hujum qilsak, g'alaba qozonishimizga ishongandim. SHu tufayli taktik o'zgarishlarni amalga oshirdik.
Ketma-ket bir necha uchrashuvlarda zafar quchdik va bu yaxshi mehnat qilayotganimizdan dalolatdir. Har bir g'alaba bizni yanada kuchliroq qiladi”, deydi ispaniyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar