Xavi "Barselona"ning chempionlik uchun imkoniyatlarini baholadi
19 dek 2023 20:50
Yangiliklar
Xavi "Barselona"ning chempionlik uchun imkoniyatlarini baholadi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi jamoasining LaLigadagi chempionlik uchun imkoniyatlarini baholadi.
"Almeriya"ga qarshi o'yin biz uchun juda muhim, ketma-ket uch safar o'yinida g'alaba qozona olmadik. Ishonishda davom etish uchun bizga g'alaba, 3 ochko kerak. LaLiga chempionligi uchun imkoniyatlar etarlicha. Qiyin bo'lmoqda, biroq qadam va qadam oldinga intilishimiz kerak.
LaLigadagi raqobatni yana qaytara olishimizga ishonaman, buning uchun muvaffaqiyatsizlikka uchramasligimiz kerak. Bizni faqatgina o'z xatolarimiz jazolamoqda. O'z navbatida "Jirona" va "Real" ham xato qilmayapti", - dedi Xavi.
Ayni damda "Barselona" LaLiga turnir jadvalida etakchi "Jirona"dan 9 ochko ortda qolgan holda 3-o'rinni egallab turibdi. Jamoaning navbatdagi uchrashuvi 20 dekabr kuni "Almeriya"ga qarshi o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar