Xavi: "Barselona" yana kuchayishi kerak"
14 avg 2022 16:16
Yangiliklar
Xavi: "Barselona" yana kuchayishi kerak"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavining fikriga ko'ra, hali jamoaga yana futbolchilar olib kelish kerak.
42 yoshli mutaxassis bu haqida LaLiganing 1-turi doirasida "Rayo Valekano"ga qarshi o'yindan keyin gapirdi.
"Oldin ham aytganimdek, yanada kuchayishimiz kerak. 31 avgustgacha hali vaqt bor. Buni bahona sifatida ishlatmoqchi emasman. Odamlar bizdan ko'prog'ini kutishgandi. O'yinni taxlil qilib, o'yin modelimizni yanada mukammallashtira olamiz", - dedi Xavi.
Yozda Kataloniya klubiga Robert Levandovski, Frank Kessie, Rafinya Dias, Jyul Kunde va Andreas Kristensen kabi futbolchilar kelib qo'shildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar