Xavi "Barsa"da tartibni ideal darajaga olib chiqmoqda
21 sen 2022 13:20
Yangiliklar
Xavi "Barsa"da tartibni ideal darajaga olib chiqmoqda
Xaver Ernandes ancha qiyin vaziyatga tushib qolgan "Barselona"ni avvalgi darajasiga qaytarish yo'lida astoydil mehnat qilmoqda.
Murabbiy kech qolganlarga, ekstremal sport turlari bilan shug'ullanganlarga jiddiy jarimalar belgilab ulgurgandi, endi ish ijtimoiy tarmoqlarga va reklama masalalariga ham etib bordi.
Endi "Barselona"da quyidagilar ???? taqiqlanadi:
Mashg'ulot vaqtida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish. Endi mashg'ulot zalida turli videolar olib shug'ullanishning imkoni bo'lmaydi;
Klub va jamoadoshlari obro'siga putur etkazuvchi rasm va postlar qoldirish;
Klubning reklama akciyalariga qarshi chiqish, rad etish. Bunday harakat uchun futbolchiga maoshining 10% miqdorida jarima belgilanishi ko'zda tutilgan.
Bunday jarimalar bilan yaqinda klub boshqa pul manbalarini izlashiga ham zarurat qolmaydi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar