Xavi: "1:0 hisobini qadrlashmayapti"
29 apr 2023 01:12
Yangiliklar
Xavi: "1:0 hisobini qadrlashmayapti"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi klubdagi g'alabalari muxlislar tomonidan qadrlanmayotgani haqida gapirdi.
"G'alabalarning qadrlanmayotgani meni hayron qoldirmayapti. Bu dunyodagi eng qiyin klub. Bu haqida oldin ham aytganman. Ushbu jamoa bilan faqatgina 1:0 hisobida g'alaba qozonish juda kam. Ko'plab o'yinlarni yaxshi o'tkazib, faqatgina 1:0 hisobida g'alabaga erishdik.
"Barselona" bilan o'yin bobida ustunlik qilish kerak. Buni amalga oshirishga harakat qilyapmiz. "Barselona" LaLiga g'olibi bo'lishi kerak. Bo'shash yo'q, bazida men ham xatolar qilyapman. Bunday holat "Almeriya"ga qarshi o'yinda ham yuzaga kelgan va bu o'tgan turda takrorlangandi.
G'oliblikka bo'lgan tashnalik doimo saqlanib qolinishi kerak. CHunki hali hech nimani yutganimiz yo'q", - dedi Xavi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar