Xaverc: “CHempionlar Ligasini yana yutishga potencialimiz etarli”
23 fev 2022 08:40
Yangiliklar
Xaverc: “CHempionlar Ligasini yana yutishga potencialimiz etarli”
“CHelsi” azosi Kay Xaverc ECHL 1/8 finalida “Lill” ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Birinchi taym juda og'ir o'tgan bo'lsada, yaxshi futbol ko'rsatdik. Yarim yo'l bosib o'tildi, endi 2-o'yinda ham g'alaba qozonish kerak.
Bizda yaxshi hujumchilar ko'p, biz uchun bu foydali, raqib uchun esa muammo. Bugun eng yaxshi futbolimizni ko'rsatolmadik, shu tufayli oson bo'lmadi. Odatdagidek agressiv o'ynolmadik, ammo 2:0 hisobida zafar quchdik. O'ylashimcha, bizda musobaqani yana bir bor yutish uchun yaxshi imkoniyat mavjud”, deydi nemis futbolchisi.
Eslatib o'tamiz, Franciyadagi javob bahsi 16 martga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar