So’nggi yangiliklar

01:40Миллатлар лигаси. Австриядан 5:1, Грециядан ғалаба ва Фарер ороллари — Латвия ўйинида дуранг  1 01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  1 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   9 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  5 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  5 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  8 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  2 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  10 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  13 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  12

Xauning "Nyukasl" bosh murabbiyligiga tayinlanishi – to'g'ri qaror Yangiliklar

Xauning "Nyukasl" bosh murabbiyligiga tayinlanishi – to'g'ri qaror

Yangi rahbariyat ishga jiddiy kirishdi.

Saudiya Arabistoni investiciya fondi "Nyukasl"ni sotib olganidan so'ng darhol jamoada murabbiy o'zgarishi haqida gap-so'zlar bolalay boshladi. Klubning avvalgi xo'jayini Mayk Eshli Stiv Bryusni bo'shatmoqchi edi, ammo u masuliyatli qarorni qabul qila olmadi. Saudiyaliklar esa buning uddasidan chiqishdi. Mutaxassis murabbiylik faoliyatidagi 1000-uchrashuvida "Tottenxem"ga yutqazdi (2:3) va o'zaro kelishuvga ko'ra klubni tark etdi.

Bryus boshchiligidagi jamoa pastga sho'ng'idi. "Nyukasl" mavsum boshidan beri APL turnir jadvalining eng quyi pog'onasida bormoqda va haligacha u erdan ko'tarila olmayapti. Oldingi murabbiy davrida ularning g'alabali o'yinlari foizi 30% dan past edi. Bu klub tarixidagi eng yomon ko'rsatkich.

"Nyukasl" hozirda Premer-liganing joriy mavsumida g'alaba qozonmagan yagona jamoa. Mag'lubiyatlar bo'yicha (6 ta) ligada 4-o'rinda, urilgan gollar bo'yicha 13-o'rinda (12), zarbalar bo'yicha 17-o'rinda (118), uzatmalar borasida 20-o'rinda (3506) va "quruq" o'yinlar bobida 20-o'rinda (0). Ular turnir jadvalida 11 turdan keyin atigi 5 ochko jamg'arib, 19-pog'onada borishmoqda. Hozir faqat "Norvich" yomonroq holatda, lekin shunda ham "kanareykalar"da bitta g'alaba bor.

Saudiyaliklar kelishidan oldin ham "Nyukasl" uchun murabbiyni almashtirish vaqti kelgani aniq edi. Garchi Allan Sen-Maksimen va Kallum Uilson samarali harakatlari bilan ajralib turgan bo'lsa-da, jamoa hech narsaga erisha olmadi. Bryusning o'rniga kimni olib kelish mumkin edi?

Turli ommaviy axborot vositalari tezda nomzodlar ro'yxatini elon qildi. Bazida mutlaqo aqldan ozdiradigan variantlar paydo bo'ldi, masalan, Roberto Martines va Antonio Konte. Belgiyaning "oltin avlodi"ni boshqarayotgan ispaniyalik nima uchun APLning eng yomon klublaridan biriga o'tadi? Xuddi shu narsa italiyalikka ham tegishli. Hatto uning "Tottenxem"ga kelishi ham "Nyukasl" kabi dargumon bo'lib ko'ringandi.

Unai Emeri, Paulu Fonseka va Eddi Xau eng real nomzodlar bo'lib qolishdi. Avvaliga hali ham ishsiz bo'lgan portugaliyalik bilan mazmunli ko'ringan muzokaralar olib borildi, shundan so'ng ispaniyalik nomzodga ko'z tikildi.

“Nyukasl”ning yangi rahbariyati Emerini olib kelishni xohladi, buni mutaxassisning o'zi ham tasdiqladi, biroq u “Vilyarreal”ni tark etishni zarur deb hisoblamadi. Demak, faqat Xau qoldi, u shu sharoitga eng mos variant bo'lib chiqdi. Angliyada unutilgan (Evropada esa uni tanimasliklari ham mumkin) mutaxassis tez orada o'zini tanitish uchun yana bir imkoniyatga ega bo'ladi.

Ehtimol, "Nyukasl" qishda zahira o'rindig'ida qolib ketayotgan bir qancha mashhur futbolchilar bilan shartnoma imzolashi mumkin. Ammo “Sent-Jeyms Park" egalari yanvardanoq millionlarni sovurishni boshlaydi, deb o'ylash nodonlik. "Nyukasl" ijrochi direktori Amanda Steyvli yangi egalar birinchi navbatda infratuzilmaga sarmoya kiritishlarini aytdi. 

SHayxlar akademiya, mashg'ulot bazasi va stadionga tutash hududga ko'proq etibor qaratishadi. Bu juda ko'p kuch, vaqt va pul talab qiladigan to'g'ri tizimli yondashuv. Qaysi taniqli murabbiy oliy divizionda omon qolish uchun "Nyukasl"ga keladi?  Klub hozir maqom va katta nomlar haqida qayg'urmasligi kerak. Hozircha hech kim ko'rmagan pullar jamoani CHempionshipga tushib ketishdan qutqarib qololmaydi. Ularga inqirozga qarshi turib bera oladigan menejer kerak.

Balki Xauni butunlay inqirozga qarshi kurashuvchi murabbiy deb atash qiyin, chunki APLda bu maqom Sem Ellardaysga berilgan. Ammo Eddi ingliz futbolini turli darajalarda yaxshi biladi. U "Bornmut"ni Liga 1dan CHempionshipga, u erdan esa Premer-ligaga olib chiqdi. "Olchalar" Xau qo'l ostida qiziqarli va jozibali jamoa edi. Ular Mauricio Sarrining "CHelsi"sini va Joze Mourinyuning "Manchester Yunayted"ini mag'lub etishgan. Umuman olganda, "Bornmut" muntazam ravishda Angliyaning top-klublari uchun, ayniqsa, o'z uyida muammolar tug'dirardi. Mutaxassis hisobida 544 ta murabbiylik uchrashuvi va 230 ta g'alaba mavjud.

Xau "Bornmut"ni ikki marta boshqargan. Mutaxassis o'zining "hukmronligi" davrida jamoani Liga 2 dan Liga 1 ga olib chiqdi. Eddi o'z klubiga ikkinchi marta tayinlanishidan oldin CHempionshipda o'ynayotgan "Byornli"da ishlashga ham ulgurgan. Xau ular bilan unchalik muvaffaqiyatga erisha olmagan, ammo "Bornmut" – butunlay boshqa hikoya. Mutaxassis “olchalar”ni 5 yil davomida APLda olib yurdi, biroq 2019/20 yilgi mavsumda baribir CHempionshipga tushib ketishdi va Eddi o'z sodiq klubini tark etdi. O'shandan beri u ishsiz yurgandi. Murabbiyga "Kristal Pelas" va "Seltik"dan qiziqish bo'layotgani haqidagi xabarlar tarqalgandi, biroq u bu klublarni boshqarmadi.

Nega Xau "Nyukasl"ga mos keladi? Avvalo, u turli divizionlarda ish tajribasiga ega. Agar "Nyukasl" joriy mavsum oxirida CHempionshipga tushib ketsa (buni istisno qilib bo'lmaydi), u ularni yana Premer-ligaga qaytarishi mumkin. Mutaxassis qiyin vaziyatlarda "Bornmut"ni boshqarishni amallagan, bu erda esa u ko'proq imkoniyat va resurslarga ega bo'ladi.

Xau shuningdek, yaxshi taktik. U turli darajadagi jamoalarga qarshi hujumkor uslubda o'ynashdan qo'rqmaydi, biroq shu bilan birga, himoyaga ham katta etibor beradi. Bundan tashqari, Eddi, albatta, "Nyukasl" kiyinish xonasidagi muhitni yaxshilay oladi. Insayderlarga ko'ra, hozirgi muhit ideal emas.

Tarkibda Xau bilan "Bornmut"da birga ishlagan Mett Ritchi, Rayan Freyzer va Kallum Uilson to'p tepadi. Uilson Xauning qo'l ostida 4 marta jamoa to'purari bo'lgan. SHubhasiz, Kallum taniqli murabbiy bilan yana ko'p gollar urishni boshlaydi (lekin u hozir yaxshi sport formada).

Mutaxassis Freyzerga ham oldingi darajaga qaytishga yordam berishi mumkin. Hozir shotlandiyalik optimal sharoitlardan yiroq. U "Bornmut"da "gol+pas" tizimi bo'yicha bir mavsumda 20 ochko to'plardi. Ritchi ham xursand bo'lishi aniq, chunki uning Bryus bilan munosabatlari yaxshi emasdi.

"Nyukasl"ning hozirgi darajasi – o'rtachadan past. Kuchli 4 talik va hattoki 6 talikdan joy olish haqida hali hech narsa deb bo'lmaydi. Jamoa birinchi galda oltin o'rtalik va o'rta maqomga ega bo'lib olishi lozim. Xau aynan shu ish bilan shug'ullanadi. Mutaxassis "Nyukasl" rahbariyatidan ishonch kreditini oldi, bu 2024 yilning iyunigacha bo'lgan shartnoma imzolanishi bilan tasdiqlandi.

Murabbiy APLda o'z o'rniga ega bo'ladigan jamoa tuzish uchun etarlicha vaqtga ega. Muxlislar yaqin fursatlarda jamoaning o'yinidan bahra olishlariga shubha yo'q. Klub egalari ham loyihani yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevorga ega bo'lishadi. Hozirda Xauning "Nyukasl"ga tayinlanishi barcha tomonlar uchun muvaffaqiyatli kelishuvga o'xshab ko'rinyapti. Buyog'iga nima bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi.

SHerzod Nurmatov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика