Xatoga yo'l qo'ygan Onana o'yindan so'ng o'zi intervyu berishni so'radi: "Jamoa men sabab yutqazdi"
21 sen 2023 08:46
Yangiliklar
Xatoga yo'l qo'ygan Onana o'yindan so'ng o'zi intervyu berishni so'radi: "Jamoa men sabab yutqazdi"
MYU futbolchisi Andre Onana "Bavariya"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (3:4) o'zi intervyu berish tashabbusi bilan chiqdi.
"Mening xatoimdan keyin o'yin nazoratini boy berib qo'ydik. Bu biz uchun, ayniqsa men uchun qiyin vaziyat. CHunki barchasini men qildim. Mendan tashqari barcha yaxshi o'ynadi. Jamoa men sabab yutqazdi.
Biz yaxshi o'ynadik, vaziyatlar yaratdik. Ular darvozaga zarba berganda esa gollar o'tkazib yubordik. Bunday xatolardan xulosa chiqarib, oldinga qarab intilish kerak.
Afsuski, MYUdagi startim omadsiz chiqdi", - dedi Onana.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar