Xansi Flik chap qanot himoyachisi Balde o'rniga "La Masiya" tarbiyalanuvchisini chaqirmoqchi
15 apr 11:49
Yangiliklar
Xansi Flik chap qanot himoyachisi Balde o'rniga "La Masiya" tarbiyalanuvchisini chaqirmoqchi
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik chap qanot himoyachisi Alexandro Balde jarohatidan so'ng akademiya futbolchisini jalb etishga tayyor.
"La Masiya"ning 18 yoshli qanot himoyachisi Jofre Torrents yaqin haftalarda "Barselona" asosiy jamoasi bilan mashg'ulotlarni boshlashi mumkin. U Alexandro Balde "Leganes"ga qarshi o'yinda (1:0) jarohat olgani bois zaxira o'yinchisi bo'ladi.

Balde uchrashuvning birinchi bo'limidayoq maydonni tark etdi. U shikastlanish tufayli kamida 3 hafta maydonga tushmaydi.
Bu holatda futbolchi Ispaniya Kubogi finalida "Real"ga qarshi o'yinni va "Borussiya"ga qarshi Chempionlar Ligasi chorak final javob o'yinini o'tkazib yuboradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Эшитдик-да! "Навбаҳор" тез орада янги мураббийни таништиради
Fikrlar