So’nggi yangiliklar

14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  6 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0

Xames Rodrigez "Bavariya" bilan ilk sovrinini qo'lga kiritdi (FOTO) Yangiliklar

Xames Rodrigez "Bavariya" bilan ilk sovrinini qo'lga kiritdi (FOTO)

Har mavsum oldidan ananaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan Telekom Kubogi-2017da to'rtta nemis klublari - "Borussiya M", "Xoffenxaym", "Verder" hamda "Bavariya" jamoalari qatnashishdi.


Telekom Kubogining amaldagi sohibi "Bavariya" turnir yarim finalida "Xoffenxaym" bilan to'qnash kelgan bo'lsa, "Verder" "Borussiya M"ni sinovdan o'tkazdi.


Yarim final g'oliblari "Bavariya" hamda "Verder" finalda o'zaro kuch sinashishdi.

Bu turnirda shuni qayd etish o'tish kerakki, jamoalar har bir taymni 30 daqiqadan o'tkazishadi.

Eng qizig'i, musobaqa davomida o'tkazilgan to'rtta o'yinda jami 3ta gol kiritlidi va bularning hammasi "Bavariya" futbolchilariga tegishli bo'ldi.

"Borussiya M" esa dastlab yarim finalda "Verder"ga, keyinchalik esa 3-o'rin uchun bahsda "Xoffenxaym"ga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.

Karlo Anchelotti yarim final bahsida "Bavariya"ni Tomas Myuller sardorligi ostida maydonga tushirdi. Bu o'yinda jamoaga yangi kelib qo'shilgan Korenten Tolisso o'zining norasmiy debyutini o'tkazdi.

Uchrashuv taqdirini esa Robert Levandovskini ajabtovur zarbasi hal qildi.


Yarim final.

"Bavariya" - "Xoffenxaym" 1:0

"Bavariya" (4-2-3-1)
- SHtarke - Rafinya, Xummels, Martines, Bernat - Tyago, Tolisso - Koman, Myuller, Riberi - Levandovski.

Gol: 1:0 Levandovski (7)

Finalda esa "Bavariya" biroz boshqacharoq tarkibda maydonga tushdi.
Anchelotti birinchi uchrashuvga nisbatan tarkibda beshta o'zgarishni amalga oshirdi.
SHtarke, Riberi, Tyago va Levandovskini o'rniga Kristian Fryuxtl, Alaba, Milosh Pantovich, Frank Evina hamda "Bavariya" safida o'zining debyutini o'tkazgan Xames Rodrigez maydonga tushishdi.


Xames bu uchrashuvda o'ng qanot yarim himoyasida harakat qildi.

Final taqdirini esa Tomas Myuller hamda Bernat tomonidan kiritilgan gollar hal etdi.


SHu tariqa "Bavariya" beshinchi bor Telekom Kubogida zafar quchdi.


Telekom Kubogi-2017.

Final.

"Bavariya" - "Verder" 2:0

"Bavariya" (4-2-3-1)
- Fryuxtl - Rafinya (21. Gyotce), Xummels, Alaba, Bernat - Martines (21. Tolisso), Pantovich - Xames, Myuller, Koman (21. Fridl) - Evina

"Verder" (3-5-2)
- Cetterer - Bauer, Ferlaat, Kaldirola - Gebre Selassie, Gondorf, Eggeshtayn, Delaeyni, Augustinsson - Kruze, Bartels

Gollar: 1:0 Myuller (13.), 2:0 Bernat (34.)


Eslatib o'tamiz, "Bavariya" darvozabonlari Manuel Noyer va Ulrayx jarohatlangani bois o'tgan mavsum yakunida faoliyatini tugatgan Tom SHtarke vaqtinchalik "Bavariya" manfaati uchun jamoaga yordam berib turibdi.

SHuningdek, yaqindagina mashg'ulotlarga qo'shilgan Robben, kech tatilga chiqqan Renatu Sanshesh, jamoaning yangi azolari Rudi va Zyule endi yig'inga qo'shilishadi. Jerom Boateng esa jarohatidan endigina forig' bo'ldi va tez orada umumiy guruh bilan shug'ullana boshlaydi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика