So’nggi yangiliklar

14:59Ҳимояда ҳеч қандай муаммо бўлмайди. "Реал"нинг 4 нафар ҳимоячиси КЖЧда иштирок этиши мумкин  0 14:35Аббос Файзуллаев кечаги хатоси учун ЦСКА мухлисларидан кечирим сўради  2 14:08Агент Клоппнинг "Рома"га тайинлови масаласида баёнот берди  3 13:44ЎФА вакиллари "Шўртан" футбол академиясида бўлди  0 13:25"Бунёдкор" "Навбаҳор" билан ўйинда адолатсизликка учрадими? Суперлиганинг 10-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  7 13:10Ёзда эркин агентга айланадиган АПЛ футболчилари  3 12:42"Цементчи" "Арал" билан ўйин учун Нукусга бормайди. Жамоага техник мағлубият ёзилди  4 12:13"Милан" ярим ҳимоячиси "Реал"ни эмас, "Манчестер Сити"ни танлади  5 11:45"Артета эффекти": Райс "Арсенал"да олдинги фаолиятидагидан кўра кўпроқ гол урди  1 11:12Бразилиялик афсона ёнғин оқибатида касалхонага тушиб қолди  5 10:36ЦСКА устози кечаги учрашувдан сўнг Файзуллаев ҳақида фикр билдирди  10 10:05"Ливерпуль", "Бавария" собиқ футболчиси 42 ёшда футболчилик фаолиятини якунланади  3 09:34Ўзбекистон кубоги. Бугун 3-тур баҳслари давом эттирилади  1 09:03Модричнинг "Реал"даги келажаги маълум  11 08:31Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди  6

Xalk xotini bilan ajrashib, uning jiyaniga uylandi. Yangi turmush o'rtoq avvalgisidan 10 yosh kichik Yangiliklar

Xalk xotini bilan ajrashib, uning jiyaniga uylandi. Yangi turmush o'rtoq avvalgisidan 10 yosh kichik

Brazilcha serial.

O'tgan yilning iyulida Xalk xotini - 12 yil birga yashagan 41 yoshli Iran Souza bilan ajrashdi (suratda chapda). Ajrashuvdan bir necha oy o'tib braziliyalik forvard yangi muhabbatini topdi. Bu qiz futbolchi sobiq xotinining jiyani 31 yoshli Kamila (suratda o'ngda).


Futbolchi turli mish-mishlardan qochish uchun ushbu malumotni o'zi tasdiqladi. "Xalk Kamilaning ota-onasi va akasiga qo'ng'iroq qilib, haqiqatni gapirdi va uning oilasi bilan batafsil gaplashib oldi. Ular oktyabrda uchrashishni boshlashdi. Xalk bu malumotni o'zi elon qildi, chunki yashiradigan hech narsa yo'q. Uning poziciyasi shaffof, futbolchi soxta izohlar bo'lishini xohlamadi" - deydi Xalk vakili.

Kamila yaqindagida tibbiyot institutini yakunladi, ammo qizning instagramiga etibor bersangiz, u bloger bo'lishni xohlayotganga o'xshaydi.



Valentin kunida Xalk va Kamila bir-biriga uzuk taqishdi.



SHu kunlarda esa turmush qurishga ulgurishdi.


Argentinaning Infobae nashri malumotlariga ko'ra, Kamila Xitoy vizasini olish uchun turmushga chiqqan, bu vizani futbolchilar xotinlariga avtomatik ravishda berishadi.


Xalk birinchi xotiniga yaqin joyda yashagan va uni Yaponiyada uchratib qolgan. Ular 12 yil birga hayot kechirishdi, ularning uch farzandi bor


Xalk birinchi xotini bilan faoliyatining boshida tanishib qolgan. Iran Souza futbolchi tug'ilgan Braziliyaning Paraiba shtatida katta bo'lgan. Ammo ularning uchrashuvi sayyoraning boshqa nuqtasida, Xalk 2005-2009 yillarda to'p tepgan Yaponiyada sodir bo'lgan.


"Braziliya mahsulotlari sotiladigan do'konda uchrashib qolganmiz. U do'konda bir-nimalarni ko'rayotgan edi. Iran meni biroz taniydigan dugonasi bilan kelgan ekan. O'sha qiz meni chaqirdi: "Hoy, Paraiba!" Iran menga o'girildi va quyidagi gapni aytdi: "Paraiba? Men ham o'sha erdanman!" Tasavvur qilyapsizmi, Braziliyada 15 daqiqalik yo'l ajratib turadigan joyda yashab, dunyoning boshqa chekkasida tanishdik. Do'stligimiz shunday boshlangan. Keyin muhabbatga o'tdik" - deya hikoya qilib bergan Xalk.


Braziliyalik bo'lajak xotinini futbolga taklif qilgan: "Iran bungacha futbolga etibor bermasdi, nima bilan shug'ullanishimga qiziqmagan. Bir o'yinda ikkita gol urganimdan so'ng, u shunday dedi: "Zo'rsan-ku! Yaxshi o'ynar ekansan!"


Iran Yaponiyada model bo'lib ishlardi. 12 yillik turmush davomida bu juftlik oilasida 2 o'g'il - Ian (10 yosh) va Tyago (8 yosh) dunyoga keldi.



2016 yilda esa oila Alisa ismli qizaloqni (hozir 6 yosh) boqib olishdi.


"Do'stlarim, siz bilan ajoyib yangilikni bo'lishmoqchiman: Alisa ismli go'zal farishta endi oilamiz azosi. Endi dunyodagi eng baxtli insonman. Alisa, dadang seni yaxshi ko'radi".


Iran jiyani bilan tushgan barcha suratlarni o'chirib tashladi. Kamila uning sevimli qarindoshi edi


Braziliya OAVning yozishicha, Kamila yaqin-yaqingacha Iranning sevimli jiyani bo'lgan. Ikki ayol Instagramda birga suratga tushib, bir-birini juda hurmat qilishi haqida yozishardi. Kamila haqida malumot paydo bo'lganidan so'ng, Iran u bilan tushgan suratlarini o'chirib tashladi. Kamila esa yanvar oyida Instagramda yangi sahifa ochdi.



Iran yangiliklarni o'qiganidan so'ng, dekabrda bolalari bilan Xitoyni tark etdi. "3,5 yil davomida baxtli bo'lgan shahrimiz bilan xayrlashyapmiz. Oldinda yangi orzular va hammasini boshidan boshlash imkoniyati kutib turibdi. Hammasi oldinda. Yangi davr, yangi hayot boshlanyapti. Hammasi uchun rahmat, SHanxay! Biz seni yaxshi ko'ramiz!"



Hozir Iran boshqa ishlar bilan band: Koronavirus Braziliyagacha etib bordi. U hammadan duo qilishni va tibbiy niqob taqishni unutmaslikni so'rayapti.

Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика