So’nggi yangiliklar

16:38"Андижон" — "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  1 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  3 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  0 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  2 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  16 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  4 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  10 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  4 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  18 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  2 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  9 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  3 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  6 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  39

Xakerlar hujumiga uchragan "Man Yunayted" tang ahvolda qoldi Yangiliklar

Xakerlar hujumiga uchragan "Man Yunayted" tang ahvolda qoldi

Bir hafta oldin "Manchester Yunayted" klubi kiber hujumga uchragan edi.

Dastlab, mutasaddilar barchasi joyidaligi, xavfsizlik choralari ko'rilganini malum qilishdi. Biroq, "Daily Mail" nashri klub imijiga jiddiy tasir ko'rsatishi mumkin bo'lgan malumotlar xakerlar qo'liga o'tgani, ular maxfiy malumotlarni ommaga oshkor qilish bilan tahdid qilayotgani to'g'risida xabar berdi.

Aytishlaricha, kiberjinoyatchilar "Manchester Yunayted"dan katta mablag' talab qilmoqda. Agar "qizil iblislar" xakerlar talabini qondirgan bo'lsa, AQSHning yangi qonunlarini buzgan hisoblanadi va 20 mln dollargacha (15 mln funt) jarimaga tortilishi mumkin. MYU Nyu-York fond birjasida ro'yxatga olingani tufayli, Amerika qonunlariga bo'ysunadi.

Amerika Qo'shma SHtatlarining chet el aktivlarini nazorat qilish idorasi jinoyatchilar talabini bajarishni shunday baholaydi: ularning boyligini oshirish va navbatdagi xakerlik hujumlarini boshlashga undash.

SHuningdek, Britaniya axborot byurosi (ICO) muxlislarning malumotlarini himoya qilish talablarining buzilganini aniqlasa, "Manchester Yunayted"ni 18 mln funt miqdorida jarimaga tortadi. 

ICO o'tgan oyda mijozlarning shaxsiy malumotlarini himoya qilmaganligi uchun "British Airways" aviakompaniyasini 20 mln va "Marriott International" mehmonxonalar tarmog'ini 18,4 mln funt miqdorida jarimaga tortgan edi.

"Manchester Yunayted" hozircha voqeaga izoh bermayapti.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика