Xayrulla Xoliqovdan erkin fikr: Azamat Abduraimovga boshqa ish yarashadi
30 mar 2014 13:38
Yangiliklar

Xayrulla Xoliqovdan erkin fikr: Azamat Abduraimovga boshqa ish yarashadi
Ayni paytda “Andijon” futbol klubini boshqarayotgan Azamat Abduraimovni ozmi-ko'pmi bilaman.
O'zlari bilan bir necha bor suhbatda bo'lganman. Yaxshi bilasiz, 2012 yilgi mavsumda “Andijon” oliy ligadan tushib ketdi. O'tgan yil to'liq birinchi ligada qatnashgan jamoa “Mashal”dan so'ng ikkinchi o'rin bilan yana oliy ligaga qaytdi.
“Andijon” oliy ligani tark etganida Abduraimovning aytgan gaplari hamon esimda. “O'zimiz birinchi ligaga tushib ketdikmi, o'zimiz olib chiqamiz” – degandi Azamat Erkinovich. To'g'risi, bu gapni andijonlik muxlislar oddiy qabul qilishdi. CHunki jamoaning bir yillik tanaffusdan so'ng yana elitaga qaytishiga deyarli hamma ishongandi. Va oxir-oqibat shunday bo'ldi ham.
Lekin jamoa o'tgan yil muhim bahsda “Mashal”ga o'z maydonida mag'lub bo'lgandi. Bu safar ham shunday bo'ldi. Etiborlisi, har ikkala uchrashuvda ham maydon egalari 80-daqiqadan keyin gol o'tkazib yuborishdi. Faqat gollarni boshqa-boshqa o'yinchilar kiritdi.
3-tur yakunlariga ko'ra oliy ligada gol urmagan jamoa birgina “Andijon” bo'lib turibdi va bundan muxlislarning kayfiyati tushkun holatda. Mana uchta o'yindirki GOLdan darak yo'q. Bunday pallada ayb birinchi navbatda bosh murabbiyga borib taqaladi.
SHaxsan men Azamat Abduraimovni juda hurmat qilaman. U kishining futbol borasidagi bilim va tasavvuriga shubha qilmayman. Lekin nazarimda Abduraimovga murabbiylik kasbi bilan shug'ullanish yarashmaydigandek tuyulyapti. Futbolda shunday odamlar bor, ular murabbiy bo'lib ishlamasa ham, boshqa sohalarda o'zlarini ko'rsata olishadi.
Fikrimizni Abduraimov misolida davom ettiradigan bo'lsak, u kishidan yaxshi tanqidchi, gazeta, jurnal yoki sayt muharriri, chuqur tahlilchi, jamoa boshlig'i yoki menejeri, boringki, kuchli sport direktori chiqishi mumkin, ammo MURABBIY emas. Azamat Erkinovich Rossiyadagi faoliyati mobaynida RFI (Rossiya futbol ittifoqi) qoshidagi “Otechestvenniy futbol” jurnaliga muharrirlik qildi va o'shanda jurnal ancha qiziqarli chiqqanini bilamiz. O'zim ham shu jurnalning 3-4ta sonini ko'rganman.
Ammo yurtimizga qaytgach, avvaliga “Quruvchi”da (hozirgi “Bunyodkor”) sport direktori bo'lib ishlay boshladi. Keyin esa o'zini murabbiylikka urdi. “Pro” licenziyasiga o'qidi. Ozroq “Dinamo”da ishladi, mana endi “Andijon”ni boshqaryapti. Lekin jamoa qayd etayotgan natijalar o'zingizga malum.
Nazarimda, Abduraimovning murabbiylikdan ko'ra, tashkiliy ishlarda qo'li engil. O'z fikrini ravon ifodalay oladi, futbolni boshqarishni ham eplay olsa kerak, lekin murabbiylikni emas. CHunki murabbiy sifatida ishlash juda qiyin, bunda doim mashg'ulot jarayonining ichida bo'lish talab etiladi, biroq Abduraimovga ko'proq Gari Nevilga o'xshab TV orqali futbol bahslarini sharhlab borish, gazeta va saytda o'yinlardan oldin va keyin o'z fikrini bayon etish yarashadi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, o'z vaqtida yaxshi hujumchi bo'lgan Azamat aka futbolni juda yaxshi biladi. Faqat shu bilganlarini murabbiylik orqali emas, balki boshqa sohalarda qo'llasa, o'zbek futboliga yanada ko'proq foyda keltirgan bo'larmidi.
Har holda bu mening shaxsiy fikrim. Xo'sh, bu borada Sizning qarashlaringiz qanday, muhtaram o'quvchi?
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar