Xayrulla Karimov "Fulad"ga qarshi o'ynay oladi
12 mar 2014 12:23
Yangiliklar

Xayrulla Karimov "Fulad"ga qarshi o'ynay oladi
Kecha Toshkentning "Bunyodkor" klubi OCHL 2-turi doirasida Qatarning "Al Jaish" klubini qabul qildi.
Mehmonlarning 2:1 hisobida tugagan bahsda "qaldirg'ochlar" safida uchta futbolchi ogohlantirildi.
"Bunyodkor" klubi tvitteri kechagi bergan xabariga tuzatish kiritdi. Unga ko'ra Xayrulla Karimov birinchi turda "Al Fath"ga qarshi bahsda sariq kartochka olmagan va keyingi o'yinda ishtirok eta oladi.
"Al Fath"ga qarshi o'yinda Dilshod Jo'raev, Vohid SHodiev va Sardor Sobirxo'jaev sariq kartochka olishgandi.
Kechagi bahsda esa Xayrulla Karimov, Oleg Zoteev va Sardor Sobirxo'jaev ogohlantirildi.
SHu tariqa, faqat Sardor Sobirxo'jaev 19 mart kuni Toshkentda bo'lib o'tadigan "Bunyodkor" - "Fulad" uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

Fikrlar