So’nggi yangiliklar

21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  0 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  0 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  3 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  5 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  7 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  8 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  22 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  21

Xajime Moriyasu: "Finalda ham o'yin uslubimizni o'zgartirmaymiz" Yangiliklar

Xajime Moriyasu: "Finalda ham o'yin uslubimizni o'zgartirmaymiz"

Osiyo Kubogi yarim finalida Eronni 3:0 hisobida mag'lub etgan Yaponiya yana finalga yo'l oldi.

Bu jamoa 2011 yil Qatarda o'tkazilgan Osiyo Kubogida g'oliblikni qo'lga kiritgandi. Mana endi yaponlar oradan 8 yil o'tib yana chempion bo'lishga harakat qilib ko'rishadi. Jamoa ustozi Xajime Moriyasu Eronga qarshi bahsdan so'ng finalda ham o'yin uslubini o'zgartirmasligini aytib o'tdi:

"Eron o'tmishda juda yaxshi natijalar qayd etgan. SHu bois ularning jiddiy raqib bo'lishini bilardik. Lekin o'z navbatida biz ham bu o'yinga kuchli tayyorgarlik ko'rdik. SHogirdlarim kuchli raqibga qarshi mardonavor kurash olib borishdi".

"Mening qo'l ostimdagi jamoa Indoneziyada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida finalgacha borgandi, Osiyo Kubogida ham shu natija takrorlandi va bundan juda xursandman. Eron bilan kechgan bellashuvda o'zimizni xuddi safarda o'ynayotgandek his qildik. CHunki Eronlik muxlislar stadionda ko'pchilikni tashkil qildi. Lekin bizning ishqibozlarga ham rahmat, ular jamoani oxirigacha qo'llab turishdi".

"Biz avvalgi o'yinlarda qanday harakat qilgan bo'lsak, bu uchrashuvda ham shunday to'p tepdik. Tan olish kerak, raqib darvozasi tomon zarbalar bergan paytda omad biz tomonda bo'ldi. Lekin omad ham o'z-o'zidan kelmaydi, buning uchun qattiq ishlash kerak. SHogirdlarim Eronga qarshi bahsda o'zlarining eng yaxshi jihatlarini namoyon eta olishdi".

"Finalda ham o'yin uslubimizni o'zgartirmaymiz. O'z qarashlarimizga mos bo'lgan futbolni namoyish etamiz".

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика