So’nggi yangiliklar

22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  3 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  6 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  9 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  6 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  12 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  23

Shusuke Furuya: "Saudiyaga qarshi o'yin men uchun birinchisi edi. O'zbekistonliklar paslar orqali o'yinni yaxshi nazorat qiladigan jamoa" Yangiliklar

Shusuke Furuya: "Saudiyaga qarshi o'yin men uchun birinchisi edi. O'zbekistonliklar paslar orqali o'yinni yaxshi nazorat qiladigan jamoa"

Mirabror Usmonov xotira turniri doirasida Saudiya Arabistoni U-23 hamda Yaponiya U-23 (1:5) uchrashuvidan so'ng yaponiyaliklar hujumchisi Shusuke Furuya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'zgacha hayrat og'ushidaman. Sababi bugungi o'yin men uchun birinchisi edi, shuning uchun biroz asabiylashdim va o'yinim o'zim kutgandek bo'lmadi. Ammo tanaffusdan so'ng ikkinchi bo'limda o'z suratimni topib, ko'plab yaxshi vaziyatlar yarata oldim deb o'ylayman. Oldinda yana bir o'yin bor, shu bois, jamoaga ko'proq moslashib, dadilroq harakat qilishni xohlardim.

Keyingi o'yin O'zbekistonga qarshi bo'ladi. O'zbekistonliklar paslar orqali o'yinni yaxshi nazorat qiladigan jamoa hisoblanadi, shuning uchun biz pressing qilishimiz, shu bilan birga mustahkam himoyalanishimiz kerak. Qolaversa, to'pni yo'qotmasligimiz muhim ahamiyatga ega. Keyingi ikki kun davomida kuchli mehnat qilish va yaxshilab tayyorgarlik ko'rishimiz kerak", dedi Furuya.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi uchrashuv 28 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика