Xabi Alonso Vinisius xulq-atvori uchun jazolanadimi yoki yo'qligi haqida malum qildi
31 okt 19:03
Yangiliklar
Xabi Alonso Vinisius xulq-atvori uchun jazolanadimi yoki yo'qligi haqida malum qildi
"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa vingeri Vinisius Junior bilan bog'liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Alonso Ispaniya La Ligasining 10-turi doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yinda (2:1) Vinisiusning o'rniga Rodrigoni tushirdi, bu harakat braziliyalik futbolchini juda norozi qildi.
"Vinisius jazolanmaydi. Bu masalani yopiq deb hisoblash mumkin. U barchaning oldida chin ko'ngildan uzr cho'radi", – dedi Alonso.
25 yoshli Vinisius joriy mavsum barcha musobaqalarda 13 o'yinda qatnashib, 5 ta to'p kiritdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ertaga, 1 noyabr kuni "Real" Ispaniya chempionatining 11-turida "Valensiya"ni qabul qiladi. Uchrashuv shanbadan yakshanbaga o'tar kechasi 01:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar