Xabi Alonso "Bayer"dan Madridga asosiy himoyachisini olib ketadi
22 may 16:30
Yangiliklar
Xabi Alonso "Bayer"dan Madridga asosiy himoyachisini olib ketadi
"Bayer" va Ekvador terma jamoasi himoyachisi Pero Inkape Madridga etib keldi, u erda uni aeroportda ko'rishdi.
Bu haqda "El Chiringuito" nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 23 yoshli Inkape "Real"ga o'tishga yaqin turibdi. Din Xyoysen bilan shartnoma imzolangach, Madrid klubi himoyadagi raqobatni kuchaytirish uchun boshqa markaziy himoyachi qidirmoqda.

Ispaniyalik murabbiy Xabi Alonso Inkapeni shaxsan tavsiya qildi. Himoyachi Alonso tizimidagi asosiy o'yinchi va murabbiy uni "qaymoqranglilar" tarkibida ko'rishni istamoqda.
Inkape 2021 yildan beri "Bayer" sharafini himoya qiladi. U joriy mavsum 45 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Leverkuzen klubi bilan shartnoma 2029 yilgacha amal qiladi, tovon puli – 60 mln evro.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar