So’nggi yangiliklar

19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 18:42"Ал Батаэҳ" — "Хорфаккан". Ғаниев асосий таркибда  0 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 17:13"Самахи" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  7 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  0 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  3 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  8

"worldreferee.com" hakamlarga qanday ball qo'yadi? Yangiliklar

"worldreferee.com" hakamlarga qanday ball qo'yadi?

O'quvchilarimizdan kelib tushayotgan yuqoridagi savolga aniqlik kiritish maqsadida, sayt faoliyati bilan yaqindan tanishdik.
Saytda hakamlarga bahoni muxlislar qo'yadi. Bu saytda har kim ro'yxatdan o'tishi va hakamlar boshqargan (o'zi ko'rgan va ko'rmagan) o'yinlarga 10 ballik tizimda baho qo'yishi mumkin. Bitta hakamga berilgan ballning yig'indisi, ovoz bergan o'quvchi soniga bo'linib, o'rtacha ball chiqariladi.

Buni istagan o'zbekistonlik o'quvchi amalga oshirishi mumkin. Bu sayt FIFA tomonidan tan olinmagan. Masalan, Argentina - Eron uchrashuvidagi bitta epizod uchun, eronlik o'quvchilar Mazichga 2 baho qo'yib yotishibdi. Eronda bu borada qanday tajriba borligini hammamiz bilamiz. Yodingizda bo'lsa, 2011 yilning eng yaxshi goliga Geynrix va eronlik futbolchi davogarlik qilayotgandi. OFK saytida o'tgan so'rovnomada, bir kun ichida, eronlik foydalanuvchilar, 1 o'rin katta farq bilan raqiblarini ortda qoldirgan Geynrixni bir necha soat ichida ortda qoldirib yuborgan edilar.

SHunday ekan, bu saytda hamyurtimiz Ravshan Ermatovni ballari yuqorilab ketsa ham, pasayib ketsa ham, buning FIFAga hech qanday ahamiyati yo'q.

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика