So’nggi yangiliklar

23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  2 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  2 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  19 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  22 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  20 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  1 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  27 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3

Vyacheslav SHevchenko: "Lokomotiv"da meni yaxshi kutib olishdi" Yangiliklar

Vyacheslav SHevchenko: "Lokomotiv"da meni yaxshi kutib olishdi"

Toshkentning “Lokomotiv” klubi bilan shartnoma tuzgan ukrainalik hujumchi Vyacheslav SHevchenko Ukrainaning football.ua saytiga intervyu berdi.
Uning asosiy qismini sizlarga taqdim etamiz.
 
- Bir necha kunlik BAA yig'inidan so'ng Toshkentga qaytib keldik. Mashg'ulotlar davom etmoqda. Toshkentda ham kuchli qor yog'di, hattoki nazorat o'yinlari qoldirildi. SHu bois mashg'ulotlar zalda olib borilmoqda. Yaxshiki bu erda suniy maydonlar bor, sharoitlar ham yaxshi. Ammo men uchun Toshkentdagi bu havo syurpriz bo'ldi.
 
- O'zbekiston varianti qanday paydo bo'ldi? O'tgan yil Isroilga ketishingiz haqida xabarlar chiqqandi…
 - Menga variant taklif qilishdi, murabbiyga klub safida mavsum oxirida qolishimni aytdim. So'ngra Vladimir Bogdanovich bilan suhbatlashdim va Toshkentga ikki haftaga keldim.
 
– U erda nimani ko'rdingiz? Klubdagi sharoitlar qanday? “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Nasaf” klublari haqida eshitgandik. “Lokomotiv” esa ko'pchilikka notanish edi.
 – Boshida barchasi yoqdi: yaxshi kutib olishdi, qiziqarli klub, rivojlanmoqda. Uning o'z bazasi va stadioni bor. Bitta holat menga g'alati tuyuldi, taklif bilan chiqishganida oyog'imda gips bor edi. SHu sababli mashg'ulotlarda ko'p ishlashimga to'g'ri keldi, jismoniy holatimni tiklashga urindim. To'g'risini aytsam anchadan buyon bunchalik yugurmagan edim. CHidadim va hozir o'zimni ancha yaxshi his qilayapman.
 
– “Lokomotiv” yig'in doirasida “SHaxter” bilan ham o'ynashga ulgurdi …
– “Lokomotiv” bilan ikkita yig'in o'tkazdim. Birinchisi O'zbekistonda – mahalliy klublarga qarshi o'ynab ular bilan tanishdim. BAAda esa xorij klublariga qarshi o'ynadik, Xitoy klubi, Arab klubi, Rossiyaning “Ural” va “SHaxter” bilan o'ynadik. Barcha o'yinlar ancha tezkor kechdi, shu bois biroz charchadik ham.
 
– Siz bilan birga moldovalik Kojokar ham “Loko”ga kelganini bilamiz. Tarkibda yana legionerlar bormi?
– Ha, rossiyalik Gogol bor.
 
– O'zbekiston haqida nima deya olasiz?
– Dastlabki taassurotlarim quyidagicha – odamlar mehmondo'st, klub yaxshi. O'zbekistonni ekzotik  davlat deb atash qiyin. Bu erdagi insonlar mentaliteti bizga yaqin.
 
– O'zbekistonni aks ettirib turuvchi taom osh va do'ppi kiygan kishilar yo'qmi?

– Osh – haqiqatdan ham ajoyib taom ekan. Bu erda yoqqan eng yaxshi narsa aynan osh, doim uni tanovul qilamiz!
 
– Toshkentga ko'nikib ketdingizmi?
– Ha, Osiyo nafasi kelib turuvchi ko'hna shahar. Hozircha oilam kelmadi, shu bois klub bazasida yashayapman.
 
– Hujumda raqobat kuchlimi?
– “Lokomotiv”da har bir chiziqda raqobat kuchli, bitta joyga 3-4tadan futbolchi. Hujumchilar ko'p, qaysi biri o'yinga yaxshi tayyor bo'lsa o'sha tushadi.
 
– Osiyo chempionlar ligasidagi ilk o'yin 8 fevral kuni bo'lib o'tadi, ichki chempionat esa mart oyida boshlanadi. CHempionatga qanday tartibda tayyorlanasizlar?

– Barchasi CHempionlar liagsida saralashidan qanday o'tishimizga bog'liq. Agar birinchi o'yinni yutsak 15 yanvarda ikkinchi bosqich bo'ladi. Keyin esa guruh bosqichiga tayyorlanamiz.
 
– O'zbekcha gapirishni o'rganib oldingizmi?
– Hozircha yo'q, umid qilamizki yigitlar o'rgatib qo'yishadi (kuladi).

– O'zbekistondagi ikl mavsumda qanday maqsadlar qo'ydingiz?
– To'g'risi o'z oldimga aniq bir maqsad qo'ymayman, asosiysi sog' bo'lish. Klub oldiga qo'ygan vazifalar esa menga ham taaluqli.
 
– “Loko” SHevchenkoni tanishtirdimi?
– Yo'q, hozircha hech kimni tanishtirishmadi. Muxlislar bilan tezroq tanishib mahalliy futbolga tezroq moslashmoqchiman.
 
Narzulla Saydullaev tarjimasi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика