"Vulverxempton" Nunesni sotib olmoqda
16 avg 2022 18:57
Yangiliklar
"Vulverxempton" Nunesni sotib olmoqda
Lissabonning "Sporting" klubi va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Mateus Nunes "Vulverxempton"ga o'tadi, deb yozdi jurnalist Fabricio Romano.
Manbaning xabariga ko'ra, Angliya klubi futbolchi transferi uchun 50 million evro to'laydi. Yarim himoyachi yaqin orada tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Angliyaga uchib boradi.

23 yoshli Nunes "Sporting"da 2019 yildan beri to'p tepib kelmoqda. U klub safida jami 101 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar