Vudgeyt: "Sancho MYUning uslubiga tushmaydi. "Liverpul"da umuman boshqa o'yinchini ko'rgan bo'lardik"
17 noy 2021 17:08
Yangiliklar
Vudgeyt: "Sancho MYUning uslubiga tushmaydi. "Liverpul"da umuman boshqa o'yinchini ko'rgan bo'lardik"
"Midlsbro" sobiq bosh murabbiyi Jonatan Vudgeyt "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jeydon Sanchoning yomon sport formasi haqida gapirdi.
"Hammasi Sancho "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolaganidan beri reja bo'yicha ketmayapti. Bu o'yin uslubiga bog'liq deb o'ylayman - Jeydon bu uslubga tushmaydi.
Agar "Yunayted" "Dordmund"ning o'yin uslubini takrorlaganda, to'p bilan o'yin boshqacha bo'lardi. Lekin, MYU unday o'ynamaydi. Ular Sancho oldin o'ynagan o'yinni o'ynashmaydi.
Jeydon Sancho - favqulodda istedod. Agar uning kuchli tomonlaridan to'g'ri foydalansangiz, u o'zini eng yaxshi taraflama ko'rsata oladi. U yana yaxshi holatga kelishiga men ishonaman.
Agar u "Liverpul"ga o'tganida - biz umuman boshqa o'yinchini ko'rgan bo'lardik. Bunga ishonchim komil", - dedi Vudgeyt.

Joriy mavsum APLda Jeydon Sancho 8 o'yinda birorta ham gol yoki pas bermadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar