So’nggi yangiliklar

13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда ўз дарвозасидан гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон дунёдаги энг яхши мамлакат"  0 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  2 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  8 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  9 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  4 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  10 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2

Vohid Xolboev "Nurafshon"ga legioner olib kelinmagani sababini aytdi​ Yangiliklar

Vohid Xolboev "Nurafshon"ga legioner olib kelinmagani sababini aytdi​

O'zbekiston Pro-Ligasi 8-turi doirasida "Nurafshon" - "Lokomotiv-BFK" (5:0) uchrashuvidan keyin mezbon jamoa ustozi Vohid Xolboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Lokomotiv-BFK" yosh futbolchilardan tashkil topgan jamoa. Bizda esa tajribali futbolchilar ko'p. SHu boisdan raqibga ko'proq gol kiritdik. Ammo oldinda o'yinlar hali etarlicha. Sobiq jamoam tez orada g'alabaga erishadi.

Murod Rajabov Pro-Liga saviyasidan yuqori futbolchi. U, Farruh SHotursunov, Ruslan Vagapov jamoani oldinga tortmoqda. Ular orqali o'yin tashkil qilinmoqda. O'zim ham futbol o'ynaganman va shu boisdan ayta olamanki, yuqori saviyali futbolchida mana shunday davr bo'lishi kerak. Murod bir necha yil horijda to'p surdi va u mahoratli futbolchi bo'lib etishdi. Balki u birinchi davradan keyin Superligaga ketishi mumkindir...

Yashirmayman, mavsum boshida jamoaga Moldaviyadan legioner olib kelishni niyat qilgandim. 1990 yilda tug'ilgan futbolchi o'zbek futbolida bemalol o'ynay olardi. Ammo o'sha vaqtlarda "Nurafshon"ning tashkil etilishi ham aniq bo'lmagandi. Bu masala hal etilganda esa moldovalikni boshqa jamoa ro'yxatdan o'tkazib bo'lgan ekan. Biz qarorni etkazishda biroz kechikdik. Agarda u jamoaga kelganida, yigitlardagi o'sish yanada kuchliroq bo'lardi.

O'tgan asrning oxirlarida "Do'stlik" jamoasi yo'q bo'lib ketganidan buyon futbol bahslariga bunchalik muxlis tushmagandi. Bugun stadionga tashrif buyurib, bizni qo'llab-quvvatlaganlarga katta rahmat aytaman. Ularning qo'llab-quvvatlashi tufayli bugun g'alabaga erishdik", - dedi Xolboev.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика