So’nggi yangiliklar

01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  1 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  13

Vohid SHodiev: “Osiyo o'yinlarining ahamiyatini hammamiz tushunib turibmiz” Yangiliklar

Vohid SHodiev: “Osiyo o'yinlarining ahamiyatini hammamiz tushunib turibmiz”

Bugun terma jamoamiz Osiyo o'yinlaridagi ishtirokini boshlaydi.
Ilk raqib: Gonkong terma jamoasi. Futbolchilarimiz Inchonga jo'nab ketishidan oldin Vohid SHodievdan intervyu olgandik. Quyida o'sha suhbatni etiboringizga havola etamiz.

-   Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik yaxshi bo'ldimi?
-   SHunday desa ham bo'ladi. Bu yo'lda ikkita xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik: avvaliga Ozarbayjon bilan, keyin Iordaniya bilan. Iordaniyaga qarshi bahsni yigitlar ko'tarinki kayfiyatda o'tkazishdi. Natijada g'alaba qozondik. Endi bor etibor Osiyo o'yinlariga qaratiladi. Hozir hammamiz bu musobaqaning qanday ahamiyatga ega ekanligini tushunib turibmiz. Iordaniyaga qarshi bahsda o'z harakatlarimdan to'liq qoniqqanim yo'q. Men har doim o'yindan keyin o'zimdan kamchilik qidiraman.

-   Osiyo o'yinlaridan chempion bo'lib qaytishimiz haqida ko'p gapirilyapti. Jamoa bunga tayyormi?
-   Menimcha, hamma bosh maqsad sari kurashishga tayyor. Musobaqaga hozirlik reja asosida olib borildi va kamchiliklar kuzatilmadi. Endi buyog'i o'zimizga bog'liq.

-   Osiyo o'yinlariga yoshi katta hujumchilardan kim borishi so'roq ostida turgandi. Nomzodlar borasida siz bilan Farhod Tojiev bor edingiz. Lekin bosh murabbiy sizni maqul ko'rdi.
-   Mening vazifam mashg'ulotlarda ishlab o'yinga tayyorligimni ko'rsatish. Qolganini murabbiylar hal qiladi. Ammo to'g'risini aytsam, Osiyo o'yinlariga borishimni kutmagandim. CHunki oxirgi yig'inga chaqirildim, xolos. Mirjalol aka menga ishonch bildirgan ekan, shu ishonchni oqlashga harakat qilaman.  

-   Asosiy tarkibdagi o'rningizni qanday baholaysiz?
-   Qisqa muddatli turnirlarda asosiy tarkib, zaxira tarkibi degan gaplar bo'lmaydi. Biz 20 kishimiz va hamma asosiy tarkibda o'ynashga loyiq. Endi buyog'ini bosh murabbiy hal qiladi. Mening ishim faqat va faqat ishlash.

-   Mabodo Osiyo o'yinlari to'purari bo'lsangiz, bu siz uchun kutilmagan voqea bo'ladimi?
-   Unday demagan bo'lardim. Men har doim xoh klubda, xoh terma jamoada bo'lsin gol urishga harakat qilganman. CHunki ishim gol urib jamoam g'alabasiga hissa qo'shish hisoblanadi. Agar siz aytgandek omadim kelib to'purar bo'lsam, bundan judayam xursand bo'laman.

X.Xoliqov suhbatlashdi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика