So’nggi yangiliklar

08:32«Ливерпуль» яна уч нафар асосий таркиб футболчиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 07:58Исломбек Исмолилов: «Ҳозирги ҳис туйғуларни таърифлаб бўлмайди»  1 07:35Саудия чемпионати. "Ал Ҳилол" ўз майдонида дуранг қайд этди, "Ал Иттиҳод" эса 3 та гол уриб ғалаба қозонди  0 07:30Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 07:11Суперлига. Пенальтини голга айлантира олмаган Колесниченко ўйинда гол уриб "Сурхон"га ғалаба келтирди  1 02:15АПЛ. "Ноттингем Форест" "шпорлар"ни мағлуб этди ва ЧЛ йўлланмаси учун курашни давом эттирмоқда  3 02:11"Авелино" лаънатланган клубми? Нега ҳар сафар улар лигани ўзгартирса Рим Папалари вафот этади?  3 00:54Агар "Реал" "Барселона"га мағлуб бўлса, кейинги баҳсда жамоани бошқа мураббий бошқаради  9 00:11Февзи Давлетов: "Ҳар икки жамоа ҳам ғалаба учун курашди"  3 23:53Чемпионшипнинг икки жамоаси муддатидан аввал АПЛ йўлланмасини қўлга киритди  7 23:32Сергей Лушан: "Бугунги ўйинда дуранг ҳам эҳтимол адолатдан бўлмасди"  7 22:47Эрон. Машарипов жамоаси ўз уйида очко йўқотди  2 22:00Суперлига. "Сурхон" фойдаланилмаган пенальти ва иккита гол ҳисобланмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди   95 20:15Ўзбекистон терма жамоаси Тошкентга етиб келди  10 19:56"Қўқон-1912" ивуарлик футболчи билан шартномани бекор қилди  3

Vohid SHodiev: “Bunyodkor”ga o'tishga yaqin turibman” Yangiliklar

Vohid SHodiev: “Bunyodkor”ga o'tishga yaqin turibman”

Mavsum-2014 uchun jamoalar allaqachon selekciya ishlarini boshlab yuborishgan.
“Lokomotiv” klubi “Bunyodkor”dan Lutfulla To'raev, Jasur Hasanov, Anvar G'ofurov va Ignatiy Nesterov kabi etakchi o'yinchilarni o'z safiga qo'shib oldi. Tabiiyki, “Qaldirg'ochlar” bunday etakchi o'yinchilarning o'rnini to'ldirishi shart. Aks holda yangi mavsumda ularga qiyin bo'lishi turgan gap. Lekin Mirjalol Qosimov ham anoyilardan emas. Yani, tarkibni kuchaytirish uchun yangi futbolchilar bilan muzokaralar olib bormoqda. Birinchilardan bo'lib “Buxoro”da to'p surgan hujumchi Vohid SHodiev “Bunyodkor”ga qo'shilishi kutilmoqda. 14 dekabr kuni ushbu jamoa dastlabki yig'inini boshlaydi. Hujumchi esa mazkur tayyorgarlik bosqichiga taklif etilgan.

Yaxshi bilasiz, Vohid uchun bu mavsum ancha muvaffaqiyatli kechdi. “Buxoro”da o'zini ko'rsatib to'purarlik salohiyatini namoyish etgani uchun Mirjalol Qosimov uni milliy terma jamoaga taklif qilib Vetnam va Gokongga qarshi o'yinlarda maydonga tushirdi. Bunga javoban futbolchi ikkita o'yinda ikkita gol urishga muvaffaq bo'lib g'alabalarda munosib hissasini qo'shdi. Ko'rinib turibdiki, uning “Bunyodkor”ga jalb qilinishi bejiz emas. Axir Qosimov SHodievning imkoniyatlarini yaxshi bilgan holda uni o'z klubida ko'rmoqchi bo'lyapti. SHuni ham unutmaslik kerakki, “Buxoro”ning endilikdagi sobiq futbolchisi uchun “Bunyodkor”dan tashqari yana boshqa jamoalarning takliflari ham bor. Voqealar rivoji qanday tus olayotganini bilish maqsadida SHodiev bilan muloqot qildik.

- Sizga bir qancha takliflar borligidan xabardormiz. Ularning orasida “Bunyodkor”ning chaqiruvi eng yaxshisi bo'lib ko'rinyaptimi?

- Inkor qila olmayman, menga takliflar ko'p bo'lyapti. Ularning ichida “Bunyodkor”ni tanlab o'sha erda o'ynashim ham mumkin. 15 dekabrdan boshlab bu jamoa dastlabki yig'inini o'tkazadi. Men ham o'sha kuni u erga borib ko'raman. Sizga aytsam, “Bunyodkor” menga birinchi marta taklif bilan chiqqani yo'q. O'tgan yili oxirida va bu yil birinchi davradan so'ng qiziqish bildirishgandi. “Buxoro” bilan shartnomam borligi uchun hech nima qila olmasdim, yaxshisi mavsum tugashini kutishim maqul edi. CHempionat tugaganidan keyin klub menga yana bir bor taklif bilan murojaat qildi. To'g'risini aytsam, qaror qabul qilishga shoshilayotganim yo'q. CHunki oldimda “Bunyodkor”dan boshqa yana variantlar ham turibdi. Hammasini jiddiy o'ylab ko'rib keyin bir to'xtamga kelaman. Lekin faoliyatimni “Bunyodkor”da davom ettirishim haqiqatga yaqinroqdek ko'rinyapti.

- Yana qaysi jamoalarining takliflari qiziqishingizga sabab bo'lmoqda?
- “Paxtakor” bilan “Lokomotiv” ham meni o'z tarkiblarida ko'rishni istashlarini malum qilishdi. Qolaversa, chetdan ham bir-ikkita variantlar paydo bo'ldi-yu, biroq u qadar jiddiy emas.

- Aynan qaerdan ekanligini ayta olasizmi?
- Malayziya, umuman Osiyodan chaqiruv borligi haqida aytishdi. Lekin ularning variantlarini ko'rib ham chiqqanim yo'q.

- “Bunyodkor”ning ilk mashg'ulotlarida qatnashib avvaliga ko'rikdan o'tasizmi yoki shartnoma tuziladimi?
- U erga borishim bilan shartnoma masalalarini hal qilamiz.

- “Buxoro” va terma jamoadagi muvaffaqiyatli o'yinlar faoliyatingizda yangi sahifa ochilishiga zamin yaratmoqda. Kelasi yili siz uchun tub burilish yasaydigan mavsum bo'lishi kutilyapti. Bu vaziyatga qanday qarayapsiz?
- Gonkongdan qaytib kelganimizdan so'ng 4-5 kun dam oldim. So'ng biroz davolangach asta-sekin individual tarzda jismoniy mashqlarni bajarishga kirishdim. Bu bilan o'zimni yangi mavsumga tayyorlashni boshlab yuborganman.

- “Bunyodkor”ning asosiy tarkibiga kirish va muntazam o'rin olish uchun jiddiy mehnat qilishingiz kerak. Bu borada o'zingizni qanday tayyorlayapsiz?
- Hech qachon raqobatdan qo'rqmayman. Qachonchi, raqobat bo'lsa o'sha erda sezilarli o'sish bo'ladi. Bunday kuchli jamoaga qo'shilganda birinchi navbatda o'zingiz uchun ko'p narsalarni o'rganasiz va bu orqali yaxshigina o'sishga erishasiz. Sog'lom muhitidagi raqobatda har doim rivojlanish bo'ladi. CHempionatni yaxshi o'tkazganim va terma jamoada ham muvaffaqiyatli qatnashganim uchun o'zimga bo'lgan ishonch ortdi. SHu sababdan yangi mavsumda yanada yaxshiroq o'ynab ko'proq gollar urishimga ishonyapman. “Bunyodkor”ga ketyapman deb o'zimni noqulay his qilayotganim yo'q. Hozir aytganimdek, o'zimga bo'lgan ishonch yuqori.

- “Paxtakor” va “Lokomotiv”ning takliflari yuzasidan ularga qanday javob berdingiz?
- Ikkala klub rahbariyatiga vaziyatni tushuntirib shoshmasdan ish ko'rayotganimni va “Bunyodkor” birinchi bo'lib qiziqish bildirgani uchun avvalo ularning taklifini ko'rib chiqishimni aytdim. Menga taklif bildirib o'z jamoasida ko'rmoqchi bo'lgan barcha jamoalar uchun minnatdorligimni bildiraman.

- Bungacha faoliyatingizni “Paxtakor”da davom ettirishingiz haqida malumotlar paydo bo'lgandi...
- Ha, men bu klub bilan telefon orqali suhbatlashganman. Doimiy ravishda futbol saytlarini o'qib turaman. To'g'risi, meni “Paxtakor”ga o'tyapti deb yozishganini ko'rgach hayron qolgandim. Yana qaytaraman, yangi klubni tanlashimda sira ham shoshilmayapman.

- O'zingizga qolsa faoliyatingizni qaysi jamoada davom ettirgan bo'lardingiz?
- Qiyin savol berdingiz. Sizga ochig'ini aytsam, hali ham o'ylab bir qarorga kela olmayapman. Menga qiziqish bildirgan jamoalarning barchasi ham kuchli va o'z mavqeiga ega. Aslida chempionlik uchun kurashadigan jamoalarni bir-biridan ajratib bo'lmaydi. SHuning uchun aniq bitta klubni aytmagan bo'lardim. Nima bo'lganda ham menga qiziqish bildirishgani uchun ularga rahmat aytaman.

- Baribir ularning orasida “Bunyodkor” variantini tanlashingiz ehtimoli yuqori, shundaymi?
- Ha, “Bunyodkor” takliflar ichida men uchun birinchi raqamlisi bo'lib turibdi.

- “Qaldirg'ochlar”ni bir qator etakchi o'yinchilar tark etib “Lokomotiv”ga qo'shilishyapti. Ushbu transferlar etiboringizni tortdimi?
- Har bir futbolchining o'z xohishi bor. Hech bir jamoa o'yinchini majburlab olib qola olmaydi. U qaerda o'ynashni xohlasa o'sha erga boradi. “Bunyodkor”dan kimlar ketganidan xabarim bor, bu ularning tanlovi.

- 2014 yildan nimalarni kutyapsiz?
- Avvalo bu yil men uchun qoniqarli kechdi hamda bir pog'ona o'sishga erisha oldim deb o'ylayman. Yuqorida o'zingiz aytganingizdek, kelasi yili faoliyatimda yangi sahifa ochiladi. SHu munosabat bilan bundan ham yaxshiroq o'tkazishga bor kuchimni sarflayman.

FIRDAVSXON suhbatlashdi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика