So’nggi yangiliklar

14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  7 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  2 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  2 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  8 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0

"Vodiy futboli": Yangi futbolchilar, Ermatov, Boboxonov va "Nasaf" haqida Yangiliklar

"Vodiy futboli": Yangi futbolchilar, Ermatov, Boboxonov va "Nasaf" haqida

Vodiy klublari 18-turga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.


"Navbahor": Ertaga yangi futbolchilar tanishtiriladi

Klubimiz rahbariyati va murabbiyshlar shtabi o'zaro kelishgan xolda taqdimot marosimini ertaga (12 avgust kuni) o'tkazishga qaror qilishdi. Yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimi ertaga soat 17.00 da "Navbahor" o'yingohida bo'lib o'tadi. Barcha OAV vakillari va jamoamiz muxlislarini tanishtiruv marosimiga taklif etamiz.


"Neftchi": Vodiy derbisi Ravshan Ermatovga topshirildi

18-turning markaziy o'yini "Navbahor" va "Neftchi" o'rtasida bo'lib o'tadi. PFL ushbu bahsga FIFA hakami Ravshan Ermatovni tayinladi. Bu mavsumda Ermatov ikkala jamoaning uchtadan o'yinida ishladi. Etiborlisi birinchi davrada ushbu jamoalarning Qo'qonda kechgan uchrashuvida ham aynan Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami faoliyat olib borgan edi. O'shanda "Neftchi" 1:0 hisobida zafar quchgandi.

"Neftchi" Ermatov boshqargan qolgan ikki bahsda yutqazgan - "Nasaf"ga 0:1 va "SHo'rtan"ga 1:4. "Navbahor" bu mavsumda ushbu hakam boshqargan uchala o'yinda ham yutqazgan - "Andijon"ga 2:3 va "Lokomotiv"ga 1:5.

Vodiy derbisi 15 avgust kuni Namangandagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadi.


"Andijon": Iqbol Boboxonov keyingi turda o'ynay olmaydi

"Andijon" klubi 18-turni o'z maydonida "Olmaliq"qa qarshi o'tkazadi.

Ushbu bahsda "burgutlar" himoyachisi Iqbol Boboxonov maydonga tusha olmaydi. Sababi o'tgan turda gol urib "Andijon"ga g'alaba keltirgan futbolchining sariq kartchokalari soni to'rttaga etdi.

"Andijon" - "Olmaliq" uchrashuvi 15 avgust kuni "Sog'lom Avlod" stadionida bo'lib o'tadi.


"Qo'qon-1912": "Nasaf"ni o'z maydonimizda 4 marta mag'lub etganmiz

Oliy liganing 18-turida "Qo'qon-1912" klubi o'z uyida "Nasaf"ni qabul qiladi.

Bu jamoalar o'rtasida vodiyda bo'lib o'tgan besh o'yinning to'rttasida “Qo'qon-1912” g'alaba qozongan. “Ajdarlar” safarda bir marta (2000 yil) uch ochkoni qo'lga kiritgan. Oxirgi ikki o'yinda qo'qonliklar raqibni bir xil 3:0 hisoblari bilan taslim qilishgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика