So’nggi yangiliklar

11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  2 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  0 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  1 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  9 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  13 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  5 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  39 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0

"Vodiy futboli": Klublar 26-turga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda Yangiliklar

"Vodiy futboli": Klublar 26-turga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda

Oliy liganing 26-turida bir yo'la ikkita vodiy derbisi bo'lib o'tadi.

"Andijon" kecha vodiy derbisiga tayyorgarlikni boshladi

O'tgan turda "Metallurg"ni mag'lubiyatga uchratgan "Andijon" jamoasi vodiy derbisida "Neftchi"ga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda "Qo'qon-1912" klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Bekobodliklar bilan bo'lgan o'yindan keyin Sergey Kovshov futbolchilarga dam bermadi va ertasidan mashg'ulotlarga kirishildi. 21 oktyabr kuni jamoamiz Farg'onada "Neftchi"ga qarshi maydonga tushadi.

Vodiy derbisi bo'lgani uchun bu o'yinning ahamiyati yuqori. Qolaversa, har bir uchrashuvda andijonliklarga ochko kerak. Derbiga jamoamiz puxta hozirlik ko'rmoqda. "Metallurg" bilan bahsni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuborgan Ibrohim Otaxonov safga qaytdi va "Neftchi"ga qarshi maydonga tushadi. Bundan tashqari bu yil "Andijon" sharafini himoya qilishayotgan Iqbol Akramov, Sanjar Asqaraliev, SHukur Jumaboev, Eldor Isaboev, Javlon Guseynov, Anvar Berdiev, Iqbol Boboxonov va Abdulloh Olimov sobiq jamoasiga qarshi to'p suradilar. Ular o'z vaqtida "Neftchi"da faoliyat olib borishganini muxlislar yaxshi bilishadi.   


"Qo'qon-1912": Tayyorgarlik davom etmoqda

25-turda muxlislarni quvontirgan  “Qo'qon-1912” jamoasi futbolchilari “Navbahor”ga qarshi bahsga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. Bu haqda "Qo'qon-1912" klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Tabiatning injiqliklariga qaramay,  futbolchilar mashg'ulotlarda astoydil ter tukmoqdalar.

Barchaning kayfiyati alo. Jamoamizga navbatdagi o'yinda ham omad tilab qolamiz.


"Navbahor": "Qo'qon-1912" bilan o'yinga tayyorgarlik kecha boshlandi

Namanganning "Navbahor" klubi azolari 21 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. "Qo'qon-1912" bilan o'yinga tayyorgarlik 18 oktyabr kuni boshlanganligini aytib o'tish joiz. Bu haqda "Navbahor" klubining tvitterdagi rasmiy sahifasi xabar berdi.

26-turdan o'rin olgan "Navbahor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi 21 oktyabr kuni soat 16.00da "Navbahor" o'yingohida boshlanadi.

Ertaga bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi o'yin esa "Navbahor" o'yingohida soat 15.00da boshlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика