So’nggi yangiliklar

19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  0 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  3 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  4 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  0 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  4 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  22 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  57 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  4 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  5 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  26 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  2

"Vodiy futboli". Sardor Eminov va Sardor Rahmonovning fikrlari Yangiliklar

"Vodiy futboli". Sardor Eminov va Sardor Rahmonovning fikrlari

Vodiy klublari futbolchilari 15-turdan oldin o'z fikrlarini bildirishdi.
“Qo'qon-1912”: Sardor Eminov: "Omadsizliklar ham ruhan tasirini o'tkazadi"

Qo'qonliklar ketma-ket mag'lubiyatdan keyin turnir jadvalida quyi o'rinlarga tushub ketmoqda. Jamoa endi 1 iyul kuni o'z maydonida "Bunyodkor" bilan o'ynaydi. Bo'lajak bahs oldidan jamoa etakchilaridan biri bo'lgan Sardor Eminov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Albatta, ketma-ket mag'lubiyatlar baribir ruhan o'z tasirini o'tkazadi. Hozir hamma tarkibda, o'yinga tayyorgarlik odatdagidek bo'lmoqda. Bilaman "Bunyodkor" bilan uchrashuvda bizga yanada qiyin bo'ladi. Tan olish kerak, raqib kuchli. Lekin har qanday jamoa bilan o'ynasa bo'ladi. 1 iyul kuni biz o'z muxlislarimiz qarshisida faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. CHunki orqaga boshqa yo'l yo'q.
- G'alabaga bo'lgan imkoniyat haqida ochig'i jiddiy o'ylab ko'rmabman. Lekin yuqorida aytganimdek, g'alaba uchun o'ynashimiz aniq. Hech kim yutqamazan deb maydonga chiqmaydi ahir.

- Ishqibozlardan stadionga kelib, qizg'in qo'llab-quvvatlab turishini so'rardim. Zero bunday o'yinlarda ularning daldasi juda muhim.


“Neftchi”: Sardor Rahmonov: "Qizilqum" bilan o'yinda qora ananani buzishga harakat qilamiz"

"Neftchi" 1 iyul kuni safarda "Qizilqum" mehmoni bo'ladi va shu bilan birinchi davra o'yinlarini yakunlaydi. Avval xabar berganimizdek, farg'onaliklar so'nggi olti yildan buyon Navoiyda mezbonlarga faqat mag'lub bo'lmoqda. Endi ular o'zlari uchun yoqimsiz bo'lgan ushbu odimga chek qo'ymoqchi. Himoyachi Sardor Rahmonov bilan suhbatlashganimizda bu haqda aytib o'tdi.

- "Qizilqum" bilan o'yinga odatdagidek tayyorlanyapmiz. Safarda bizni qiyin o'yin kutib turubdi. Buni barcha anglab etmoqda. Saytinglarda o'qidim, "Neftchi" so'nggi olti yildan buyon "Qizilqum" maydonida mag'lubiyatga uchrab kelayotgan ekan. Biz futbolchilar ushbu qora ananaga barham bermoqchimiz. Navoiyda g'alaba qozonib, birinchi davrani yuqori o'rinlarda yakunlamoqchimiz.

- Raqib jamoa tarkibida chempionat to'purari Bahriddin Vahobov borligini bilamiz. Juda kuchli va tajribasi yuqori bo'lgan hujumchi. Bejizga u to'purarlik qilayotgani yo'q. Nasib qilsa bo'lajak bahsda unga o'yin bermaslikka urinamiz va gol urishiga imkoniyat bermaymiz.


“Andijon”: Bugungi mashg'ulot asosiy maydonda o'tadi

Kecha o'z qarorgohiga yig'ilgan jamoamizning “Paxtakor” bilan o'yinga tayyorgarligi davom etmoqda. Bugun kechki paytki mashg'ulot “Sog'lom avlod” stadionida bo'lib o'tadi. “Dinamo” bilan o'yinda yosh futbolchi Farhod Bekmurodov oliy ligada debyut qildi.

Eslatib o'tamiz, “Andijon” – “Paxtakor” uchrashuvi 1 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика