So’nggi yangiliklar

16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  1 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  4 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  3 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  1 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  1 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  11 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  9 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  3 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  13 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  30 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  21 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  6 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  12

"Vodiy futboli": Otabek Isroilov endi "Andijon"da Yangiliklar

"Vodiy futboli": Otabek Isroilov endi "Andijon"da

O'tgan hafta "Neftchi"da ko'rikda bo'lgan Otabek Isroilov endi "Andijon" yig'inida ishtirok etmoqda.

"Neftchi": 21 iyuldan yig'in Toshkentda davom etadi

Jamoa tayyorgarliking dastlabki bosqichini Farg'onada o'tkazmoqda. 21 iyuldan esa Murod Ismoilov shogirdlari yig'inni Toshkentda davom ettirishadi. Ushbu yig'in doirasida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkaziladi. Raqiblar haqida malumot keyinroq taqdim etiladi.


"Andijon": Otabek Isroilov tarkibga qo'shildi

“Andijon” jamoasining o'z qarorgohida olib borayotgan tayyorgarligi davom etmoqda. Kechagi mashg'ulotlar ham ikki mahal “Sog'lom avlod” stadionida o'tkazildi.

Tarkibda yangi o'yinchilardan Iqbol Boboxonov, Bahodir Murtazoev, SHahboz Jumaboev, Rustam Boqiev, Xondamir Yuldashev mashg'ulotlar ishtirok etishayotganini aytib o'tgandik. SHuningdek, mashg'ulotlarda Tursunboy Xusanov ham qatnashmoqda. Kecha “Andijon” safiga hujumchi Otabek Isroilov ham qo'shildi. Birinchi davrani “Buxoro” jamoasida o'tkazgan farg'onalik bu futbolchi “Andijon” mashg'ulotlarida qatnashishni boshladi. “Buxoro”dagi o'zgarishlardan keyin Isroilov jamoani tark etdi. Tarkibga yana yangi o'yinchilarni qo'shilishi kutilmoqda.


"Navbahor": Alisher Samatov: "CHirchiqda asosan jismoniy holatni ko'tarishga etibor berilmoqda"

Namanganning "Navbahor" klubi himoyachisi Alisher Samatov jamoaning ikkinchi davraga tayyorgarligi haqida gapirib berdi.

- Tayyorgarlik reja asosida boshlandi. CHirchiqda boshlangan o'quv-yig'in mashg'ulotlarida jismoniy holatimizni ko'tarish va ko'proq kuch to'plashga katta ahamiyat berilmoqda. SHu sababli yig'inlarni boshlab yuborganmiz. Keyinchalik poytaxtda ham yig'in o'tkazish rejalashtirilgan. Menimcha, u erda ko'proq nazorat uchrashuvlarida, mashg'ulotlarda taktika va turli sxemalar ustida ishlasak kerak.  Hozircha Qahramon Muhammadjonov keldi. U Qo'qon-1912da ijara asosida to'p surayotgandi. Qolaversa, Botir To'raboev, G'ayrat Jo'raevlar ham jamoaga qaytishgan. Hozircha mana shu futbolchilar mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. Darvoqe, Olmaliq klubidan darvozabon Akmal Ortiqov ham kelgan. U ham ko'rikdan o'tmoqda. Tarkibga yana kimlar kelishi menga malum emas. Yig'inlar davomida barchasiga oydinlik kiritiladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика