So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  12 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  29 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

"Vodiy futboli": "Neftchi" qora ananaga barham berdi Yangiliklar

"Vodiy futboli": "Neftchi" qora ananaga barham berdi

Vodiy klublari kecha 15-tur o'yinlarini o'tkazishdi.
"Neftchi": 7 yildan so'ng "Qizilqum"ga safarda yutqazmadik

Farg'onaning "Neftchi" klubi kecha Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo'ldi. So'nggi bor 2008 yil ushbu jamoani safarda mag'lub etgan farg'onaliklar 6 yil davomida faqat mag'lub bo'lishdi. Kechagi durang orqali (0:0) qora ananaga barham berildi.

Murod Ismoilov shogirdlari birinchi davrani 3-o'rinda yakunlashdi.  


"Qo'qon-1912": O'z maydonimizda "Bunyodkor"ga yutqazdik

Toshkentning "Bunyodkor" klubini qabul qilgan "Qo'qon-1912" jamoasi o'z muxlislari qarshisida 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

Jamoa dastlabki davradagi oxirgi o'yinni 5 iyul kuni "Paxtakor" bilan o'ynaydi.

Rustam Abdullaev boshchiligidagi jamoa 14ta o'yindan so'ng 10 ochko to'plab 14-o'rinda bormoqda.


"Navbahor": Birinchi davradagi eng yirik mag'lubiyatni qabul qilib oldik


Namanganing "Navbahor" klubi Toshkentda "Lokomotiv" klubi mehmoni bo'lib 1:5 hisobida mag'lub bo'ldi. Ushbu natija dastlabki davrada oliy ligada qayd etilgan eng yirik hisob bo'ldi.

Xuddi shu hisob "Metallurg" - "Andijon" o'rtasidagi o'yinda qayd etilgandi.

"Navbahor" birinchi davrada 18 ochko jamg'arib musobaqa jadvalining 9-pog'onasidan o'rin oldi.


"Andijon": "Paxtakor"ga yutqazdik

Edgar Gess boshchiligidagi "Andijon" klubi o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qilib 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

SHu tariqa, "burgutlar" 11 ochko bilan musobaqa jadvalining 13-pog'onasida borishmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика