So’nggi yangiliklar

20:42Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнмайман. Бу онгли қарор эди"  0 20:28Суперлига. "Насаф" - "Бухоро" 5:0 (матнли трансляция)  37 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  3 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  3 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  22 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  11 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  6 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  18 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  2 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  4 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  18 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  11

"Vodiy futboli": "Navbahor"da durang, "Andijon"da mag'lubiyat Yangiliklar

"Vodiy futboli": "Navbahor"da durang, "Andijon"da mag'lubiyat

Vodiy klublari ikkinchi davraga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirishmoqda.

"Andijon": "Bunyodkor"ga yirik hisobda yutqazdik

“Andijon” jamoasini Toshkentda o'tkazayotgan tayyorgarligi davom etmoqda. Jamoa kecha “Bunyodkor” klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. O'yinda Edgar Gess boshchiligidagi jamoa 1:4 hisobida yutqazib qo'ydi. Yagona golni Anvar Berdiev penaltidan sobiq jamoasi darvozasiga urdi.

Bugun "burgutlar" “Olmaliq” o'rinbosarlari bilan kuch sinashadi. Uchrashuv soat 18:00da Qibraydagi stadionda bo'lib o'tadi. 26 iyul kuni esa Dukentda “Dinamo” jamoasiga qarshi o'yin bo'lib o'tadi.


"Navbahor": "Dinamo" bilan durang

Namanganning "Navbahor" klubi kecha Samarqandning "Dinamo" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa uchrashuvda 2:2 hisobida durang o'ynadi. SHahboz Erkinov va Robbim Hasanov samarqandliklar darvozasini ishg'ol qilishdi. Tarkibda Akmal Ortiqov, Alibobo Rahmatullaev, Navro'z Alimov kabi yangi futbolchilar maydonga tushishdi.

Endi "lochinlar" 26 iyul sanasida esa G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi bilan kuch sinashadi.

"Navbahor" - "Dinamo" 2:2
Gollar:
SHahboz Erkinov, Robbim Hasanov - Hamdamov, Magerramov
Uchrashuvda "Navbahor" tarkibi quyidagicha bo'ldi: Akmal Ortiqov, Alisher Samatov, Bobir Akbarov, Azim Ahmedov, Robbim Hasanov, Dilshod Jabborov, Tohir SHamsiddinov (Rahmatillo Berdimurodov), Ilhom Boydedaev, Alisher Mahmudov (G'ayrat Jo'raev), SHahboz Erkinov, Alibobo Rahmatullaev (Navro'z Alimov).


"Qo'qon-1912": Haydarov, Nurboev, Qobilov va Komilov bilan shartnoma tuzildi

Rustam Abdullaev boshchiligidagi "Qo'qon-1912" jamoasi ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoa safida ko'rikda bo'lgan qozog'istonlik Aleksandr Kirov tibbiy ko'rikdan o'ta olmay o'z yurtiga qaytib ketdi.

Otabek Haydarov, Aybek Nurboev (ikkisi "Neftchi"), Suhrob Qobilov va Ilhom Komilovlar (ikkisi "So'g'diyona") ikkinchi davrani “Qo'qon-1912” jamoasi safida o'tkazishadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика