So’nggi yangiliklar

14:38Россия – Иордания учрашувини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  0 14:11Бундеслига юлдузи трансфер ойнасининг сўнгги кунида МЮ таклифини рад этгани маълум бўлди  2 13:43Нагельсманн Германиянинг ЖЧ-2026даги мақсадини айтди  3 13:17Қозоғистондагилар "Реал" билан ўйин чиптаси билан боғлиқ фирибгарликлардан хавотирда  1 12:49Мажлис келишилган ўйинлар масаласини кўтарди  3 12:21Бенту қўлдан чиқди, навбат Гжегож Бржэнчшчикиевичга  72 12:00Анчелотти Неймарнинг Бразилия термасига нега чақирилмаганини изоҳлади  2 11:34Аргентина терма жамоаси собиқ бош мураббийи Бразилияда иш бошлади  2 11:13 Н'Голо Канте "Париж"га ўтиши мумкин эди  1 10:50Ислом Исмоилов: "Шогирдларим рақиб ким эканлигига қарамай ҳужумкор ўйин кўрсатишга интилишди"  12 10:30"Муҳсин, биз сен билан!"– Самарқандда ўзбек футболи юлдузлари иштирокида хайрия учрашуви ўтказилади  11 10:05"Аталанта" Лукманни жамоада олиб қолмоқчи   0 09:30Қирғизистон терма жамоаси ярим ҳимоячиси Одил Абдураҳмонов: "Янада кучли бўлишимиз керак"   2 09:05Курт Зума эркин агент сифатида Руминия клубига ўтди  1 08:50 Рахим Стерлинг “Челси”дан кетишдан бош тортди ва асосий жамоадан ажратилди  6

"Vodiy futboli". "Navbahor" o'ynaydi Yangiliklar

"Vodiy futboli". "Navbahor" o'ynaydi

Bugun oliy liganing 13-turida "Navbahor" klubi o'z o'yinini o'tkazadi.
"Andijon": Edgar Gess: "Bunyodkor" bilan bahsda biz ham galaba uchun astoydil harakat qilamiz"

Oxirgi ikkita uchrashuvni g'alaba bilan yakunlagan "Andijon" jamoasi 13-turda o'z maydonida "Bunyodkor" klubini qabul qiladi. Mazkur o'yinga jamoamizning tayyorgarligi qizg'in davom etmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Edgar Gess bu o'yinga katta etibor qaratilganini aytib o'tdi.
"Tayyorgarlikni odatdagidek olib boryapmiz. Tug'ri "Bunyodkor" kuchli jamoa. Lekin hozir har qanday raqib bilan o'ynasa bo'ladi. "So'g'diyona" ham o'z maydonida "Bunyodkor"ni yutgandi. "Bunyodkor" bilan bahsda biz ham galaba uchun astoydil harakat qilamiz", - deydi "Andijon" bosh murabbiyi.

Eslatib utamiz, "Andijon" va "Bundyokor" jamoalari o'rtasidagi bahs 20 iyun kuni bo'lib o'tadi.


"Qo'qon-1912": Bugun yoshlarimiz "Neftchi" bilan o'ynaydi

Bugun yoshlar ligasining 13-turida "Qo'qon-1912" Farg'onaning "Neftchi" klubini qabul qiladi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi. Bahs Qo'qondagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadi. Bugunga kelib yoshlar ligasida "Qo'qon-1912" jamoasi 21, "Neftchi" esa 12 ochko to'plagan.


"Navbahor": Bugun "Qizilqum"ga qarshi o'yin

Namanganning "Navbahor" klubi bugun oliy liganing 13-turida Navoiyning "Qizilqum" klubi mehmoni bo'ladi. Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 30 bor kesishgan. Ustunlik “Navbahor” tomonida. 11ta o'yinda namanganliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 8ta uchrashuvda “Qizilqum” g'olib bo'lgan. 11ta bahsda g'olib aniqlanmagan.

Bu jamoalar o'rtasidagi “Qizilqum” maydonida o'tgan o'yinlarda 5 marta durang qayd etilgan. 6 marta “Qizilqum”, 4 marta “Navbahor” g'alaba qozongan.

"Qizilqum" - "Navbahor" uchrashuvi soat 19:30da Navoiydagi "Yoshlar" stadionida boshlanadi.


"Neftchi": Ertaga vodiy derbisi

Ertaga oliy liganing 13-turida "Qo'qon-1912" va "Neftchi" jamoalari o'rtasidagi vodiy derbisi bo'lib o'tadi. Farg'onaning "Neftchi" klubi ushbu o'yinda jiddiy tayyorgarlik olib bordi. Jamoa safida faqat Javohir Rasulov maydonga tusha olmaydi. Qolgan barcha futbolchilar sog'-salomat. Ertangi uchrashuv 18:00da Qo'qondagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadi. Barcha farg'onalik muxlislarini o'yinda "Neftchi"ni qo'llab quvvatlashga chaqirib qolamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика