So’nggi yangiliklar

16:27"Манчестер Юнайтед" Муҳаммадали Ўринбоевнинг жамоадоши билан келишиб олди — Here We Go!  1 16:10"Астон Вилла" МЮ футболчисини ижарага олмоқда  0 15:54Бруну Фернандеш 2020 йилдан бери АПЛда барча ярим ҳимоячилардан кўпроқ гол урди  0 15:29Манба: Паулу Бенту ЎФА таклифини рад этиши мумкин  25 15:01Расман: "Байер" Бундеслига 2 туридан кейин Тен Хагни ишдан бўшатди  7 14:44Алексис Санчес Ла Лигага қайтмоқда  0 14:18"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go!  1 13:54"Арсенал" 14 йилдан бери "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этолмаяпти  0 13:2239 ёшли Жеймс Милнер АПЛ тарихига кирди  2 12:54Доннарумма "Манчестер Сити"да — Here We Go!  1 12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  1 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  3 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0

"Vodiy futboli". Kecha "Andijon" g'olib bo'ldi, "Qo'qon-1912"da mag'lubiyat Yangiliklar

"Vodiy futboli". Kecha "Andijon" g'olib bo'ldi, "Qo'qon-1912"da mag'lubiyat

Kecha vodiyning ikki klubi O'zbekiston kubogi 1/8 finali dastlabki o'yini doirasidagi uchrashuvlarini o'tkazishdi.
"Andijon": Birinchi o'yinda g'alaba qozondik

Edgar Gess boshchiligidagi "Andijon" klubi o'z uyida Bekobodning "Metallurg" klubini qabul qilib 3:1 hisobida zafar quchdi.

"Ishqibozlarga namoyish etgan o'yinimiz yoqdi deb o'ylayman. Bu bilan chempionatda “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuv oldidan futbolchilarimiz yanada ruhlanishdi", - deydi kechagi g'alabadan so'ng Edgar Gess.

Endi "burgutlar" oliy liganing 13-turidan o'rin olgan "Bunyodkor"ga bilan o'yinga tayyorgarlikni boshlashadi. "Qaldirg'ochlar"ga qarshi uchrashuv 19 iyun kuni Andijondagi "Sog'lom Avlod" stadionida bo'lib o'tadi.   


"Qo'qon-1912": Safarda "So'g'diyona"ga imkoniyat boy berildi

Qo'qonning "Qo'qon-1912" klubi Zominda "So'g'diyona" klubi mehmoni bo'lib 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. Rustam Abdullaev kechagi uchrashuvdan so'ng javob bahsida vaziyatni o'nglashga urinishlarini malum qildi.

Jamoa navbatdagi bahsni 19 iyunda o'z maydonida "Neftchi"ga qarshi o'tkazadi. Vodiy derbisini "Qo'qon-1912"ning asosiy yarim himoyachilaridan biri bo'lgan Sardor Eminov o'tkazib yuboradi. Sababi u kechagi "So'g'diyona" bilan bahsda qizil kartochka oldi.


"Neftchi": Bugun ikki tomonlama o'yin bor

Farg'onaning "Neftchi" klubi Qirgulidagi bazada mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Bugun jamoa 18:00 da ikkiga bo'lingan holda nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Ertaga ertalabki mashg'ulotlardan so'ng jamoa futbolchilariga bir kunlik tatil beriladi.

Ertaga jamoa boshligi Toxir Kapadze va bosh murabbiy Murod Ismoilov kelishilgan o'yinlarni aniqlash bo'yicha ekspertlar kengashi raisi Axrol Inoyatovning 70 yoshga to'lishi munosabati bilan Toshkentga borishadi. Klub Axrol Inoyatovning tavallud ayomi bilan qizg'in tabriklab qoladi.

Bundan tashqari klub azosi Doston Tursunov bugun 20 yoshga qadam qo'ydi. "Neftchi" rahbariyati va muxlislari nomidan futbolchini tug'ilgan kuni bilan tabriklaydi. Ertangi Senegalga qarshi bahsda O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga omad tilaydi.


"Navbahor": Mag'lubiyatsiz seriya davom etadimi?

Namanganning "Navbahor" klubi oliy liganing 13-turini Navoiyda "Qizilqum"ga qarshi o'tkazadi.

Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari chempionat doirasida oxirgi uchta uchrashuvda mag'lub bo'lishmadi. 10-turda "lochinlar" o'z uyida "Olmaliq" bilan durang o'ynashdi (2:2). So'ngra Qo'qondan 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytishdi. O'tgan turda esa Namanganda "Buxoro" taslim etildi - 3:1.

12ta turdan so'ng "Navbahor" hisobida 15 ochko mavjud. Raqib "Qizilqum" hisobida esa 17 ochko bor.

"Qizilqum" - "Navbahor" o'yini 18 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика