Brunu Fernandesh 2020 yildan beri APLda barcha yarim himoyachilardan ko'proq gol urdi
01 sen 15:54
Yangiliklar
Brunu Fernandesh 2020 yildan beri APLda barcha yarim himoyachilardan ko'proq gol urdi
Portugaliyalikning samaradorligi va barqarorligi liganing eng yaxshilari qatorida sanaladi.
Brunu Fernandesh – 2020/21 yilgi mavsumdan buyon APLda 55 ta gol urgan (penaltilar bilan birga).
"Vest Xem" azosi Tomash Souchek APLdagi debyutidan beri 36 ta gol bilan (2020/21 yilgi mavsumni qo'shib hisoblaganda) ikkinchi o'rinda va "Manchester Siti" azosi Kevin De Bryuyne 2020/21 yildan 2024/25 yilgacha 36 ta gol urgan. De Bryuyne 2025/26 yilgi mavsumda "Napoli"da o'ynamoqda.
Angliya Premer-ligasining 3-turida "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Byornli"ni qabul qilib, qiyin g'alabaga erishdi (3:2). "Yunayted"ning g'alabasini jamoa sardori Brunu Fernandesh olib keldi, u qo'shib berilgan vaqtning ettinchi daqiqasida penaltini aniq amalga oshirdi. Bu kiritilgan to'p Brunu Fernandeshning MYU safidagi 99-goli bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar