So’nggi yangiliklar

18:23"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олмоқда  1 18:05CAFA Nations Cup. Эрон Ҳиндистон билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  2 18:02Ҳусанов қанча муддатга сафдан чиққани маълум  5 17:39Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФА терма жамоалар бўлими раҳбари лавозимига қайтмоқда  25 17:28"Милан" ҳужумчиси "Рома"га ўтишга рози  0 17:10Абдуқодир Ҳусанов CAFA мусобақасини ўтказиб юборади  10 16:50Расман: Эрон терма жамоаси ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтди  1 16:27"Манчестер Юнайтед" Муҳаммадали Ўринбоевнинг жамоадоши билан келишиб олди — Here We Go!  3 16:10"Астон Вилла" МЮ футболчисини ижарага олмоқда  0 15:54Бруну Фернандеш 2020 йилдан бери АПЛда барча ярим ҳимоячилардан кўпроқ гол урди  5 15:29Манба: Паулу Бенту ЎФА таклифини рад этиши мумкин  46 15:01Расман: "Байер" Бундеслига 2 туридан кейин Тен Хагни ишдан бўшатди  10 14:44Алексис Санчес Ла Лигага қайтмоқда  0 14:18"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go!  1 13:54"Арсенал" 14 йилдан бери "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этолмаяпти  0

"Vodiy futboli". Izzat G'aniev safga qaytdi Yangiliklar

"Vodiy futboli". Izzat G'aniev safga qaytdi

Vodiy klublari keyingi o'yinga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.
"Andijon": Tayyorgarlik davom etmoqda

Jamoamiz oliy liganing 13-turida "Bunyodkor" bilan kuch sinashidan xabaringiz bor. Bu o'yinga jamoamizning tayyorgarligi davom etmoqda. Bugun kechki mashg'ulot ham "Sog'lom avlod" stadionida bo'lib o'tadi. Mavsum boshida safdan chiqqan jamoamizning yangi azosi Ruslan Gafarov tarkibga qaytdi va kechadan mashg'ulotlarni boshladi. Ibrohim Otaxonov va Sanjar Asqaralievning masalasi ayni paytda PFLda ko'rib chiqilmoqda. Bu futbolchilar hozir O'FFda. Ularning taqdiri qanday kechishi tez orada hal bo'ladi.


"Qo'qon-1912": Izzat G'aniev safga qaytdi

"Qo'qon-1912" jamoasi kecha o'z qarorgohida yig'ildi. Jamoa 19 iyun kuni bo'ladigan "Neftchi"ga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshladi. Jarohat sabab bir necha uchrashuvlarni o'tkazib yuborgan Izzat G'aniev safga qaytdi. Markaziy yarim himoyachi umumiy guruh bilan mashg'ulot o'tkazmoqda.


"Neftchi": Javohir Rasulov va Murod Ismoilov Toshkentda

Farg'onaning "Neftchi" klubi bugun ertalab o'z qarorgohida mashg'ulot o'tkazdi. Murod Ismoilov bugun Toshkentda tartib intizom qo'mitasi yig'ilishida ishtirok etadi. Bu yig'ilish soat 17:00da boshlandi.

Kecha jarohat olgan Javohir Rasulov bugun tongda Toshkentga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun ketdi.

Jamoa ertaga ertalab Qirgulida navbatdagi mashg'ulotini o'tkazadi.


"Navbahor": Ertaga Navoiyga yo'lga chiqiladi

Namanganning "Navbahor" klubi Toshkentdagi yig'inni davom ettirmoqda. Bugun kechki payt jamoa vakillari mashg'ulot o'tkazishadi. Ertaga tongda delegaciya Toshkent-Navoiy yo'nalishida poezdda manzil tomon yo'lga chiqishadi.

Jarohati bor bo'lgan Rahmatullo Berdimurodov yana individual tarzda mashg'ulotlarni davom ettiradigan bo'ldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика