So’nggi yangiliklar

19:00CAFA Nations Cup. Эрон Ҳиндистон дарвозасига 3 та тўп киритди  5 18:41Расман: "Ливерпуль" футболчиси "Рома"га ўтди  0 18:23"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олмоқда  2 18:02Ҳусанов қанча муддатга сафдан чиққани маълум  5 17:39Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФА терма жамоалар бўлими раҳбари лавозимига қайтмоқда  29 17:28"Милан" ҳужумчиси "Рома"га ўтишга рози  2 17:10Абдуқодир Ҳусанов CAFA мусобақасини ўтказиб юборади  11 16:50Расман: Эрон терма жамоаси ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтди  1 16:27"Манчестер Юнайтед" Муҳаммадали Ўринбоевнинг жамоадоши билан келишиб олди — Here We Go!  3 16:10"Астон Вилла" МЮ футболчисини ижарага олмоқда  0 15:54Бруну Фернандеш 2020 йилдан бери АПЛда барча ярим ҳимоячилардан кўпроқ гол урди  6 15:29Манба: Паулу Бенту ЎФА таклифини рад этиши мумкин  55 15:01Расман: "Байер" Бундеслига 2 туридан кейин Тен Хагни ишдан бўшатди  10 14:44Алексис Санчес Ла Лигага қайтмоқда  0 14:18"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go!  1

“Vodiy futboli”. Baxtiyor Yoqubov va Javohir Rasulov safga qaytdi Yangiliklar

“Vodiy futboli”. Baxtiyor Yoqubov va Javohir Rasulov safga qaytdi

Vodiy futboliga oid yangiliklar bilan tanishtirib borishda davom etamiz.
“Andijon”: Bugun jamoaviy dam olishga chiqdik

Oliy liga 11-turiga tayyorgarlik ko'rayotgan “Andijon” jamoasi bugun ertalabki mashg'ulotni Bo'stondagi maydonda o'tkazdi. Mashg'ulotdan so'ng butun jamoa birga shahar chetidagi ko'lga yo'l oldi va kunning ikkinchi yarmini tabiat qo'ynida dam olish bilan o'tkazdi.


"Qo'qon-1912": Jamoa bugun yig'iladi


"Navbahor" bilan o'yindan so'ng futbolchilarga bir kunlik dam berildi. Bugun jamoa azolari yig'iladi. 6 iyun kuni "Qo'qon-1912" Bekobodga safar uyushtirib, "Metallurg" bilan kuch sinashadi. Diskvalifikaciya muddati yakuniga etgan himoyachi Jalil Kimsanov endi yana maydonga qaytadi.


“Navbahor”: Jamoa ertaga yig'iladi


Qo'qonliklarga qarshi bahsdan so'ng futbolchilarga dam berilgandi. Klub matbuot xizmatining aytishicha, jamoa azolari ertaga Namanganda yig'iladi va navbatdagi o'yinga tayyorgarlikni boshlaydi. Diskvalifikaciya tufayli oldingi o'yinlarda jamoaga yordam bera olmagan, Azam Aliev bilan Dilshod Jabborov kelasi turdan yana maydonga qaytadi.


“Neftchi”: Baxtiyor Yoqubov va Javohir Rasulov safga qaytdi

Farg'onaning “Neftchi” jamoasi oliy liganing navbatdagi turida “Olmaliq”ni qabul qiladi.
Murod Ismoilov shogirdlari bugun kunduzgi mashg'ulotni Qirgulidagi bazada o'tkazishdi. Kechki mashg'ulot ham aynan Qirgulida bo'lib o'tadi.

Jarohat sabab malum vaqt safdan chiqqan Baxtiyor Yoqubov hamda Javohir Rasulovlar yana safga qaytishdi. Bundan tashqari, o'tgan turni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuborgan himoyachi SHukurali Po'latov ham keyingi turda maydonga tushishi mumkin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика