So’nggi yangiliklar

02:00АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1 (матнли трансляция)  9 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  23 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:56"Реал" — "Эльче". Таркиблар маълум  3 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  1 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  21

Vladimir SHishelov kelishilgan o'yinlar va boshqalar xususida Yangiliklar

Vladimir SHishelov kelishilgan o'yinlar va boshqalar xususida

Uzoq yillar davomida mamlakatimizning bir qator klublarida to'p surgan, milliy terma jamoamiz libosida maydonga tushish baxtiga muyassar bo'lgan hujumchi Vladimir SHishelov futbolchilik faoliyatini yakunladi.
To'purarlik salohiyati bilan ajralib turgan Volodya ayni payt Moskva shahrida istiqomat qilyapti va u erda murabbiylikni ham boshlab yubordi. Biz yaqinda SHishelov bilan bog'lanib, uning ishlari qanday kechayotganiga qiziqdik.

- Volodya, futbolchilik faoliyatini yakunlash haqidagi qarorni qabul qilishingiz oson kechmagandir?


-Albatta. Axir professional futbolchi bo'lish yo'lida oz-moz ter to'kmadim. Buning zamirida katta harakat va mehnat yotibdi. SHulardan birdaniga voz kechish oson emas. Lekin bu har bir futbolchining qismatida bor. Ertami-kech, shunday qaror qabul qilishim tayin edi. Zero, yoshlarga ham yo'l bo'shatib berish kerak. O'z vaqtida kattalar ham shunday qilishgan.

- Bugungi kunda nimalar bilan mashg'ulsiz?


-Moskva shahridagi Olimpiya qishlog'i-80 bazasi qoshida yangi futbol maktabi ishga tushdi. SHu dargohda bolalar va o'smirlar murabbiyi sifatida faoliyat yurityapman. SHu bilan birga selekciya jarayoni va tashkiliy masalalarga ham masulman.

- Futbol maktabi haqida batafsil malumot bersangiz: u qaysi klub qaramog'ida?


- Malumki, 1980 yili Moskva shahri yozgi Olimpiadaga mezbonlik qilgan. O'sha olimpiya o'yinlari uchun bunyod etilgan sport majmualari bugungi kunda Olimpiya qishlog'i-80, deb nomlanadi. Ushbu baza hududida futbol maktabi tashkil etildi. SHu kunlarda suniy qoplamali maydonga ega stadion bunyod etilyapti. Hozirda 2ta sport zali va yana shuncha chimli maydon bor. JCH-2018 payti bizning mo'jazgina yangi arenamiz Lujniki stadioniga o'rinbosar bo'ladi. Yani ayrim terma jamoalarning o'z mashg'ulotlarini shu erda o'tkazishlari ko'zda tutilgan.

- Murabbiylik qiyin emas ekanmi?

- Bundan ko'ra, maydonga tushib, futbol o'ynagan osonroq (kuladi). Albatta, bu hazil. Muhimi, murabbiylik juda qiziqarli kasb. Ayniqsa, bolalar bilan ishlash maroqli. Hozir bir nechta yosh toifasidagi guruhlarga ustozlik qilyapman. Har bir bola - o'zgacha dunyo. Endi futbolchi sifatida faqat o'zingizga javob berasiz. Murabbiylikda esa bunday emas. Oddiy aytganda, murabbiy zimmasida masuliyat ancha baland.

- Nima deb o'ylaysiz, futbolchilik faoliyatingiz biroz ertaroq yakunlanmadimi?


-Ha, bemalol yana 1-2 yil o'ynashim mumkin edi. Lekin oilamga ko'proq etibor qaratishni lozim bildim.

- Takliflar bormidi?


- Ha, O'zbekiston klublaridan 2tasi aniq taklif bilan chiqdi. Hozir ularning nomini aytishdan mano yo'q. Zero, chorlovlarga rad javobini berishimga to'g'ri keldi.

- Vaholanki, ko'p yillik tajribangizga suyangan holda, o'rtamiyona jamoalarda bemalol to'p tepishingiz mumkin edi.


- Hamisha gapirish oson. Ehtimol, siz aytgandek, yana 2 yil o'ynashga qarbim etardi. Lekin futbol kundan-kunga tezlashib boryapti. O'rtacha saviyada o'ynashni esa istamadim. Hozirgi kunda 8x8 formatidagi havaskorlar ligasida to'p tepyapman. Juda qiziqarli chempionat. Bizning klubimiz - Doro SHimoliy-g'arbiy ligada 1-o'rinni egallab turibdi.

- O'zbekistondan qachon ketdingiz?


- O'tgan yili yozda.

- Yurtimizga qaytish rejangiz bormi?


- Agar murabbiy sifatida biror klubga keragim bo'lsa, bajonidil qaytardim (kuladi).

- Volodya, ortga nazar tashlab, futolchilik faoliyatingizga qanday baho berardingiz?


- 18 yil davomida 18ta klubda o'ynadim. Bu qo'nimsizlikdek tuyulishi mumkin. Lekin o'sha payt buning o'ziga yarasha sabablari bor edi. Endi hammasi haqida batafsil gapirishdan foyda yo'q. O'zingizga ayon, O'zbekiston klublarida muqim ravishda bir necha yil o'ynayotgan futbolchining o'zi deyarli yo'q. Nima demoqchiligimni tushungan bo'lsangiz kerak. SHu 18 yil davomida ko'plab klub rahbarlari, murabbiylar bilan ishladim. Futbolchilar bilan do'stlashdim. Ozmi-ko'p yutuqlarga erishdim. Qaerda o'ynashimdan qatiy nazar, futboldan rohatlanganman. Birgina Ximkida kam gol urganman va bu klubdagi faoliyatim unchalik omadli chiqmagan. Moldova chempionatidagi davrimni esa eng yorqini sifatida tilga olaman. O'shanda UEFA kubogida qatnashgandik. Aslida Moldovaga shuning uchun ham borgandim. Zimbru safida Betis, Sevilya, Gyoteborg kabi Evropaning ko'zga ko'ringan klublariga qarshi to'p surdim. Xitoy chempionatida ham yomon mavsum o'tkazmadim. Umumiy aytganda, futbolchilik faoliyatimdan qoniqish hosil qildim.

- O'zbekiston milliy jamoasidagi faoliyatingizdan-chi?


- To'g'risi, baxtli insonman. Zero, menga O'zbekiston milliy jamoasida o'ynash imkoniyatini yaratib berishgandi. Har bir futbolchi mamlakat bosh jamoasi libosida maydonga tushishni xohlaydi, lekin bunday baxt hammaga ham nasib etavermaydi. SHu boisdan ham, men chin manoda baxtliman.

- O'zingiz o'ynagan davrdagi O'zbekiston milliy jamoasi ramziy tarkibini tuzib bera olasizmi?


- O'sha payt kuchli futbolchilar ko'p edi. Hozir kimnidir esdan chiqarib, terma jamoa tarkibiga kiritsam, mendan ranjishi mumkin. SHu bois, bundan tiyilaman. Ha, men tanlagan 11 nafar kuchli futbolchi bor. Ular orasida ikkisi aniq - Mirjalol Qosimov va Maksim SHackix.

- Terma jamoada faoliyat yuritgan eng yaxshi murabbiy...?

- Bunday murabbiylar ko'p. Ulardan Yurgen Gyode va Tachmurod Agamurodovni ajratib ko'rsatgan bo'lardim. CHunki men aynan ular bilan ko'proq ishlaganman. Qolgan murabbiylarga ham hurmatim baland.

- Qaysi hujumchilar bilan yaxshi tandem hosil qilardingiz?

- Ko'proq Anvar Soliev bilan o'ynash yoqardi. Yodingizda bo'lsa, Anvar sehrli tayoqcha laqabini olgandi. Uning muhim gollari terma jamoamizga ko'p foyda keltirgan.   

- Siz uchun so'nggisi bo'lib qolgan 2014 yilgi mavsum haqida qanday fikrdasiz?

- Afsuski, barcha o'yinlarni ko'rish nasib qilmadi. Lekin umumiy xulosalarim yaxshi. Harqalay, ijobiy fikrlarim salbiylariga qaraganda ko'proq. Ayniqsa, maydonlar holati yaxshilanib borayotgani maqul keldi. Lekin baribir, kamchiliklar ko'zga tashlanyapti. Bu ayniqsa, tashqaridan qaraganda ko'rinyapti.

- Volodya, o'zingiz o'ynagan paytlar kelishilgan o'yinlar haqida eshitgan yoki shuning guvohi bo'lgandirsiz...?


- Kelishilgan o'yinlar haqida gapirish hamisha qaltis hisoblanadi. Qo'ling bilan ushlamagansan-ku, deya og'zingga urishadi. Men faqat o'zim uchun javob beraman. Faoliyatim davomida biror marta ham o'yinni sotmaganman. Boshqalar uchun esa javob berolmayman. Nima demoqchi ekanligimni tushundingiz, chog'i...

Kamoliddin ALIMOV,
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика