So’nggi yangiliklar

00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6

Vitaliy Levchenko: "Tartibli futbol evaziga g'alabaga erishdik" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Tartibli futbol evaziga g'alabaga erishdik"

Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Neftchi"-"Dinamo" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Albatta bugungi o'yin uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Bir kishi kam bo'lib qolgan bo'lsak ham futbolchilar juda tartibli o'yin ko'rsatishdi. G'alaba qozondik, jamoa azolari va muxlislarni tabriklayman. 

- Qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyatga munosabatingiz? 

- Tanaffus vaqtida epizod videolavhasini ko'rdim. Qizil kartochka uchun bahslashsa bo'ladi. Hakamlar shunday qarorga kelishgan ekan,  etirozim yo'q. Lekin vaziyatda qizil kartochka ko'rsatish uchun etarlicha sabab yo'q edi. 

- Jamoa "Nasaf" bilan o'yinda ham bir kishi kam bo'lib harakat qilgandi. Bugun ham shunday bo'ldi. "Neftchi" kamchilik bo'lib o'ynash uslubiga moslashib ham qoldimi? 

- To'g'ri, ayrim o'yinlarda kamchilik bo'lib qolayapmiz. Lekin bugun qizil kartochkadan keyin yigitlar tartibli futbol namoyish etgan holda o'yinni qutqarib ketishdi. 

- Jasur Jaloliddinov xorij klubiga transfer qilinayotgani haqidagi xabarlarga munosabatingiz? 

- Bu haqida aniq malumotim yo'q. SHunaqa taklif bor bo'lsa, rahbariyatning qarori bu jarayonni hal qiladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика