So’nggi yangiliklar

20:17"Манчестер Сити" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  13 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 19:16"Райо Вальекано" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  7 19:08Суперлига. "Сўғдиёна" сафарда 10 киши қолган "Хоразм"ни мағлуб этди   14 18:45ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда аутсайдерни мағлуб этди, Раҳмоналиев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 18:21Неъматулла Қуттибоев: "Локомотив"га қарши 4 ўйин ўтказган бўлсак, шуларнинг 3тасида биз улардан яхшироқ эдик"  0 18:02Хамес Родригес Европага қайтиши мумкин  3 17:37Мирко Йеличич: "Биз бундай футбол ўйнашни истамаймиз. Лекин бизга бу мағлубият ҳам етарли бўлди"  0 17:05"Милан" Левандовски билан шартнома имзоламоқчи  4 17:00Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди  30 15:54Про лига. "Локомотив" Суперлигага қайтди, "Арал" плей-оффда ўйнайди  9 15:23"Қўқон-1912" - "Пахтакор" ўйинида 33 йиллик натижа такрорланди  1 14:43Ирландия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон Япония ва Жанубий Корея сингари ривожланиб бораётган кучли жамоа ҳисобланади"  3 14:28U-17 ЖЧ. Ўзбекистоннинг Ирландияга мағлубиятган учраган ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1

Vitaliy Levchenko: "Tanaffusda kartochkasi borlar ehtiyot bo'lib o'ynashi kerakligi aytilgan edi" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Tanaffusda kartochkasi borlar ehtiyot bo'lib o'ynashi kerakligi aytilgan edi"

Vodiy derbisidagi g'alabadan so'ng "Neftchi" ustozi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanda ishtirok etdi.

Vitaliy Levchenko: O'yin derbi nomiga mos bo'ldi. Derbilarda chetlatishlar bo'lishi odatiy hol. Qizil kartochkagacha boshqacha, undan keyin boshqacha o'yin ko'rdik. Atayin orqaga qaytdik va hisobni ushlab turishga harakat qildik. SHu sababli "Andijon"da vaziyatlar ko'p bo'ldi, darvozabonimizga qoyil qolish kerak, butun jamoadan minnatdorman.

- Toma Tabatadze ko'pincha vaziyatlardan foydalana olmayapti.

- Balki shoshayotgandir, balki ruhiy qiyinchiliklar bordik. U o'ziga kelib, tinchlanib olsa, hammasi joyiga tushib ketadi. Bizda unga nisbatan etiroz yo'q. U jamoamizning muhim futbolchilaridan biri.

- Nurillo To'xtasinov bugun qizil kartochka oldi. Bu jamoa uchun katta yo'qotishmi?

- Ha, yo'qotish. Istalgan etakchi futbolchi maydonga tushmasa qiyinchiliklar sodir bo'ladi, ammo uning o'rniga munosib futbolchi bilan to'ldirishga harakat qilamiz. Tanaffusda kartochkasi borlar ehtiyot bo'lib o'ynashi kerakligi aytilgan edi. U hissiyotlarga berilib ketdi.

- Kubok o'yinlarida tarkibda rotaciya bo'ladimi?

- Albatta. Bunday taqvimda kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan futbolchilarga imkon beriladi. Ikkita tarkibga egamiz.

- "Andijon"da to'p tepayotgan sobiq shogirdingiz Axtam Nazarov O'zbekiston chempionatiga ko'nikib ketdimi?

- Uning o'yiniga baho bermoqchi emsaman. CHunki "Andijon"ning o'z murabbiyi bor. Agar u tarkibda bo'lsa, demak murabbiyning talablariga javob bermoqda. Uni Tojikiston chempionati orqali yaxshi bilaman. Nazarov sifatli futbolchi.

- Bugungi g'alabani kimga bag'ishlaysiz?

- Doim g'alabani muxlislarga bag'ishlaganmiz. Ulardan minnatdorman. Klub rahbariyatiga ham rahmat aytish kerak deb o'ylayman.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика