So’nggi yangiliklar

00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  93 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  26 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 23:08ЕЧЛ. "Ювентус" - "Боруссия Д". Таркиблар маълум!  6 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   16 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  9 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

Vitaliy Levchenko: "O'yin unutiladi, natija qoladi" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "O'yin unutiladi, natija qoladi"

Coca Cola Superliganing 25-turi doirasida "Qizilqum" mag'lub etilganidan keyin "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko fikrlarini bildirdi.


- Og'ir o'yin bo'ldi. "Qizilqum" bu erga ochko umidida kelishini bilgandik. Ular turnir jadvalidagi joylashuvi sababli ligada qolishlari uchun uch ochko kerak bo'lib turgandi. O'ying jangovar o'tdi, g'alaba qozonganimizdan mamnunman. O'z maydonimizda muxlislarimizni xursand qila oldik. Barchani g'alaba bilan tabriklayman. O'yin esdan chiqadi, natija esa qoladi. Bu haqiqat. 

- Zoir Jo'raboev ushbu mavsumda chempionatni alo darajada o'tkazdi. Tojikiston termasida jamoaga olib kelinishi mumkin bo'lgan boshqa futbolchilar bormi?

- Barcha yigitlarni kuzatib borolmaymiz. Biroq u erda bizni qiziqtirgan futbolchilar bor. Kim jamoada ketishni istasa, kimni hisobga olmayotgan bo'lsak o'sha jamoadan ketadi. Bu borada ishlar jarayoni ketmoqda. Barchasi holatga qaraladi. Agarda biror poziciyani kuchaytira oladigan, bizning iqlimga moslashgan futbolchi bo'lsa, uni jamoaga olib kelish variantini ko'ramiz.

- Ushbu "Neftchi"dan ko'nglingiz to'lgan holatlar nimada-yu, kamchiliklar nimada?

- Yigitlarga rahmat, ular mavsum davomida bor kuchi bilan harakat qilishdi. Mag'lubiyatsiz yurgan paytimizda ular yaxshi davr o'tkazishdi. Bu meni quvontirdi. Albatta, ko'ngilsiz holatlar ham bo'ldi. Kerakli joylarda ochkolar yo'qotdik. SHu orqali sovrinli o'rinlardan tushib, mana shu o'rinda turibmiz. Umuman olganda barchasi yaxshi o'tdi. Faqatgina ko'ngilsiz pasayishlar ko'p narsaga tasir o'tkazdi.

- Mavsum tugashiga bir tur qoldi. Legionerlardan kimlar jamoada qoladi va kimlar ketadi?

- Barchasi ish jarayonida. Men ham legionerlarning chempionat darajasiga mos bo'lishini, etakchi bo'la olishini istayman. Hozir bu savolga javob berish juda qiyin.

- Bugun mavsumdagi so'nggi uy o'yinini o'tkazdik. Muxlislarga qanday baho berasiz va qanday tilaklar tilaysiz?

- Muxlislarga katta rahmat aytaman. Ular bizni doimo qo'llab turishdi va haqiqatdan ham bizning futbolchimizdek bo'lib turishdi. Ular kelasi yili ham shunday tarzda davom etishlarini so'rab qolardim. Biz ham ularga o'yin sifati va natijadan rohatlanishlari uchun o'ynaymiz. Ularni qo'ldan kelgancha xursand qilib, kamroq hafa qilishni o'ylaymiz.

- Ikkinchi bo'limda faqatgina G'ulom-Haydar Gulyamovga etiroz bildirdingiz. Buning sababi nimada?

- Bilasizmi, qachonki futbolchilar asablarini asray olishmasa, ularga juda qiyin bo'ladi. Biz doimo sifatli o'ynashni istaymiz. Yomon holat bo'lmadi, G'ulom-Haydar yaxshi mavsum o'tkazdi. Pasportga qaramaylik, u jamoaning yosh futbolchilaridan emas. U ham harakat qilmoqda, charchamoqda. Barchasini taxlil qilib, nima qilsa unga yaxshi bo'lishini aytib turamiz. Bu ham ish jarayonining bir qismi. Bunga etibor bermaslik kerak. Rotaciya orqali futbolchilarga dam bersa bo'ladi. Biroq bizda sifatli futbolchilar kam. Holat shunday. Birgina o'yin qoldi, uni yuqori darajada o'tkazish kerak.

- "Neftchi"ga uch futbolchi: Odil Hamrobekov, Timur Mamasiddiqov hamda SHohruz Norxonovning kelishi borasida mish-mishlar tarqaldi. Bu mish-mishlarga qanday izoh bera olasiz?

- Nima haqida gapirayotganingizni tushunib turibmiz. Bizda jamoaga olib kelinishi mumkin bo'lgan, biz qiziqish bildirayotgan futbolchilarning ro'yxati bor. Biroq futbolchi shartnoma imzolamaguncha barchasi og'izdagi gap bo'lib qolaveradi. Futbolchilarda doimo takliflar bo'ladi va ular o'zlariga yaxshi bo'ladigan joyni tanlashadi. Bizda ro'yxat bor. Biroq boshqa tomondan, futbolchida o'sha jamoada o'ynash ishtiyoqi ham bo'lishi kerak. Ishtiyoqi bo'lmasa, muzokaralar ham yordam bermaydi. Barchasi futbolchiga bog'liq.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика