So’nggi yangiliklar

23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  17 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  72 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4

Vitaliy Levchenko: "Muammoli chiziqlarni kuchaytirishga harakat qilmoqdamiz" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Muammoli chiziqlarni kuchaytirishga harakat qilmoqdamiz"

Teglar :  Vitaliy Levchenko
Farg'onaning "Neftchi" jamoasi kecha Toshkentdagi yig'in doirasidan o'rin olgan dastlabki nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Pro liga vakili "Yangier" raqiblik qilgan o'yinda farg'onaliklar 3:1 hisobidagi g'alabani tantana qildi. Ushbu bahs yakunlangach "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenkoning fikrlari bilan qiziqdik. 

"O'yinni yaxshilash borasida hali qiladigan ishlarimiz bor. Ikkinchisi jismoniy holatimizni optimal darajaga olib chiqish. Ayni paytda futbolchilarga yuklamalar berilyapti. Umuman olganda ularga ortiqcha etirozim yo'q.Harakat qilishmoqda, intilishmoqda.  Qanday kamchiliklarimiz borligini bilamiz. Umid qilamanki, ikkinchi davra startiga qadar maromida tayyorgarlik ko'ramiz",- deydi murabbiy. 


- Ko'rikda bo'lib turgan yangi futbolchilar haqida...

- Muammoli chiziqlarni kuchaytirishga harakat qilmoqdamiz. Mashg'ulotlar, o'yinlar orqali ularni ko'rib olish imkoniyati bo'lmoqda. Ayrim o'zgarishlarni amalga oshirishimiz mumkin. 


- Exsoni Panshanbening xizmatiga avvaldan qiziqib kelasiz. Uning "Neftchi"ga o'tishi borasida xabarlar chiqdi...

- U bilan gaplashdim. Qiziqish bildirganim rost. Lekin u Eron klubini tanladi. Exsoniga omad tilayman. Bu uning tanlovi. Qaerda to'p tepish futbolchining xohishi hisoblanadi. 


-  "Yangier" bilan uchrashuv avvalida Yuriy Sarkisyan jamoaga o'z tilaklarini bildirdi. Bu holat qanday hissiyotlarni berdi?

- Avval ham aytganman Yuriy Sarkisyan Farg'ona futboli uchun ko'p xizmat qilgan. "Neftchi" uchun ancha ishlarni amalga oshirgan, deb o'ylayman. Yuriy Vazgenovichni Farg'onaga stadionimiz ochilishiga taklif qilishdan faqat xursand bo'laman.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика