So’nggi yangiliklar

16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  0 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  1 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  0 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  16 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  3 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  6 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  6 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  22 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1

Vitaliy Levchenko: "Hozir barcha jamoalar kurashyapti" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Hozir barcha jamoalar kurashyapti"

Coca Cola Superligasi 16-turi doirasida "So'g'diyona"ga qarshi o'yindan keyin "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o'z fikrlarini bildirdi.


- Hozir barcha jamoalar 100 foiz kuchi bilan o'ynamoqda, balki undan ham ko'pdir. Raqibning ishtiyoqi yuqori darajada bo'ldi. Biz esa o'z yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana bilmadik. Boshqa tomondan esa nimalar borasida ishlash kerakligini ko'rib oldik. Navbatdagi o'yinlarga ham jiddiy tayyorlanib, g'alabalarga erishishimiz kerak. O'yinda yigitlar yutishni istashdi, ammo barcha narsa ham o'xshagani yo'q. Reja qilingan barcha ishni bajara olmadik. 

- Bugun jamoada birinchi o'ringa chiqib olish imkoniyati bor edi, biroq buni amalga oshirib bo'lmadi. Bu jamoaning keyingi kayfiyatiga qanday tasir o'tkazishi mumkin?

- Bu futbol. Sen yuqori darajada o'yin ko'rsatayotgan bo'lsang, har qanday holatga tayyor turishing kerak. Hozir bu normal holat. Jamoalar bor kuchi bilan kurashishyapti. Turnir jadvalida yuqori qismida ham, o'rtada ham, quyi tomonlarda ham raqobat bor. Hamma jamoalar ochkolar uchun o'ynashmoqda. Qo'rqinchli hech nima sodir bo'lgani yo'q. Navbatdagi o'yinga tayyorlanamiz. Raqib oson bo'lmaydi. Taslim bo'lmaymiz. 

- O'yin davomida odatda Sizni asabiy holatda ko'rmagandik. Bugun Siz birinchi bo'limda juda ko'p asabiylashdingiz. Ikkinchi bo'limda himoyada sustkashliklar ko'rina boshlandi. Bu pallada yigitlarga qanday ko'rsatmalar berdingiz?

- Bugun jamoa gol o'tkazib yubormadi. Nolga o'ynadikmi, demak, himoya o'z vazifasini yaxshi bajargan bo'ladi. Albatta, kamchiliklar bo'ladi. Masalan, raqib tarkibida Zaymovich kabi to'purar futbolchilar bor. Nolga o'ynaganimiz uchun himoyada o'zgarishlar qilishdan mano ko'rmayapman. Himoyachilar bir-birini yaxshi tushunishyapti. Agarda o'zgarishlar bo'lsa, holat ham o'zgarishi mumkin. Har doim raqibni hisobga olish kerak. Bugun raqib hujumchilari aqlli futbol namoyish qilishdi, vaziyatlar yaratishdi. Buning yomon joyi yo'q. Asosiysi - xatolar golga olib kelgani yo'q. 

- Arabuli ikkinchi bo'lim boshlarida almashtirildi. Bunga sabab nima?

- U Avstraliya chempionatidan keldi. U erda may oyida chempionat tugagandi va shundan keyin u tatilda bo'ldi. SHu sababli uning jismoniy holatida kamchiliklar bor, tez charchab qoldi. Uning o'rniga tushgan futbolchi esa o'yinni tezlashtirib berdi. Bizda uni o'z holatiga qaytarib olishimiz uchun vaqt bor. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика