So’nggi yangiliklar

07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  4 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  24 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  2

Vitaliy Legay: "Kubokda imkon qadar uzoqroqqa borishni istaymiz" Yangiliklar

Vitaliy Legay: "Kubokda imkon qadar uzoqroqqa borishni istaymiz"

Birinchi liga vakili CHustning "CHust-Paxtakor" jamoasi kecha O'zbekiston Kubogi saralash bosqichida "Lokomotiv-BFK"ga qarshi o'ynadi.
Mazkur o'yinda mezbonlar g'alabaga erishib keyingi bosqich masalasini hal qildi. Uchrashuvdan so'ng chustliklar ustozi Vitaliy Legay saytimizga intervyu berdi.

- "CHust-Paxtakor"ni qabul qilib olganingizdan keyin birinchi rasmiy o'yinni Lokomotiv-BFKga qarshi o'tkazdingiz. Umuman olganda murabbiy sifati debyutingiz omadli chiqdi. Ortda qolgan bahs xususida nima deysiz?
- Mavsumning birinchi o'yini har doim xoh chempionat bo'lsin, xoh Kubok bahsi doim qiyin bo'ladi. Jumladan Lokomotiv-BFKga qarshi o'tgan uchrashuv ham oson bo'lmadi. Jamoani qabul qilib olganimga ko'p vaqt bo'lmadi. Qolaversa yig'in ham biroz kech boshlandi. SHu bois futbolchilarning bir-birlari bilan to'liq tushunib ketishlari uchun yana ozgina vaqt kerak bo'ladi. Uchrashuv haqida to'xtaladigan bo'lsam, yigitlar men talab qilgan o'yinni 50-60 foizga ko'rasata olishdi. Asosiysi yakunda mavsumni g'alaba bilan boshladik. Bundan juda xursandman.

- Kubokda CHust-Paxtakorning maqsadi qanday?
- Rahbariyat tomonidan Kubokda jiddiy maqsad qo'yilmagan bo'lsa-da, biz imkon qadar uzoqroqqa borishni xohlaymiz. CHempionatda esa munosib kurashib, yuqori o'rinlar uchun kurashamiz.

- Jamoangiz tarkibiga etibor qaratadigan bo'lsak, Eldor Isaboev, Oyatullo Muhitdinov hamda Ayubxon Gapparov singari o'z vaqtida oliy liga klublarida harakat qilgan o'yinchilarni ko'rishimiz mumkin...
- Albatta bu kabi futbolchilarning jamoamizda o'ynashi ishimizni yanada engillashtirishi tabiiy. Baribir ularda katta futbol tajribasi bor. O'sib kelayotgan yoshlarga ularning tajribasi asqotadi deb o'ylayman. Yuqorida aytib o'tganimdek, jamoamiz tarkibi deyarli yangitdan tuzildi. CHempionatning 3-4 turi o'tgach o'yinimiz ham yanada shakllanadi degan umiddaman.

- Endi jamoangiz chempionatdagi ilk o'yinni safarda Qo'qon-1912ga qarshi o'tkazadi. Bo'lajak bahsga shogirdlaringizni qanday tayyorlayapsiz?

- Qo'qon-1912 kuchli jamoa. Bejizga ular bu yil o'z oldilariga elitaga chiqish vazifasini qo'ymayapti. SHu bois o'yin qiyin bo'lishini oldindan xis etyapmiz. Lekin shunga qaramay biz ham qo'l qovushtirib turmoqchi emasmiz. Imkon qadar safardan ijobiy natija bilan qaytishni xohlaymiz. Nasib qilsa Qo'qonda muxlislar qiziqarli o'yinga guvoh bo'ladi.

Islombek RUSTAMBEKOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика