So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  12 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  23 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  3 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

Vitaliy Denisov: “Volga” futbolchisi chetlatilmagan taqdirda ham, g'alaba qozonardik” Yangiliklar

Vitaliy Denisov: “Volga” futbolchisi chetlatilmagan taqdirda ham, g'alaba qozonardik”

Moskvaning “Lokomotiv” klubi himoyachisi, O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Vitaliy Denisov Premer-liganing 24-turi doirasida “Volga” (3:0) jamoasiga qarshi o'tkazilgan o'yindan so'ng o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
- Dastlabki daqiqalardan shu narsa ayon bo'ldiki, bugungi o'yin “Lokomotiv” uchun oson kechmaydi. Bu fikrga qo'shilasizmi?

- O'zi ilk daqiqalarda jamoalar hamisha bir-birlarini o'rganishadi. Bugun ham shunday bo'ldi. Raqibning zaif nuqtasi va xato qilishini kutdik. Birinchi bo'lim o'rtalarida “Volga” darvozasi tomon bosimni kuchaytirdik va bu keyinchalik o'z samarasini berdi. Qolaversa, mehmonlar futbolchisining maydondan chetlatilishi ham yirik hisobdagi g'alabamizga zamin yaratdi.

- Vaziyat qizil kartochkaga tortarmidi?

- Bo'lmasamchi? Raqib futbolchisi orqadan oyoqqa zarba berdi. Agar qoida bu tarzda qo'pol buzilmaganida, bizning o'yinchimiz jarima maydonchasiga yorib kirardi. O'sha hujum gol bilan yakunlanishi mumkin edi. SHaxsan men bu qoida buzilishini so'nggi umid chorasi sifatida qabul qildim.


- Tanaffus vaqtida Kuchuk nima dedi?

- Yanada bosimni kuchaytirish va hisobni imkon qadar yirik ko'rinishga keltirish kerakligini aytdi. 1:0 qaltis hisob, qaysidir jarima zarbasi yoki burchakdan uzatiladigan to'p muvozanatning tiklanishiga xizmat qilishi hech gap emasdi. Murabbiy aynan shu narsalardan bizni voqif etdi.

- CHetlatish - o'yinning kulminacion holati bo'ldimi?

- Bunday deb o'ylamayman. Biz o'yinchi chetlatilishigacha ham bir nechta havfli vaziyatlarni yuzaga keltirgandik. O'ylashimcha, raqib to'liq tarkibda o'ynagan taqdirida ham, bugun g'alaba biz tomonda bo'lardi.

- “Zenit”ning vaqtincha bo'lsada, 1-o'ringa chiqib olishini qanday qabul qildingiz?

- Men boshaqa jamoalarning o'yinlarini kuzatmayman. Ayniqsa, bu ikki jamoa bir kun farqi bilan o'z o'yinlarini o'tkazdi. To'g'ri, hayolimning bir chetida Piterdagi o'yin ham bor edi. Lekin takror aytaman, bor etiborim “Volga” bilan uchrashuvga qaratilgandi.

- Bugungi uchrashuv o'tgan turda “Spartak”ka qarshi kechgan o'yindan nimasi bilan farq qildi?

- Bugun biz o'zimiz yaratgan vaziyatlardan unumli foydalana oldik. Agar eslasangiz, “Spartak” bilan o'yinda ham etarlicha havfli vaziyatlarni yuzaga keltirgan edik. Ammo, ulardan foydalanish foizi kamroq bo'lgandi.

SHu o'rinda kechagi o'yin qaydnomasini keltirib o'tamiz.

Lokomotiv - Volga 3:0 (1:0)
Goly: Samedov, 32 (1:0) – penaltidan. Maykon, 47 (2:0). N’Doye, 72 (3:0).
Lokomotiv: Gilerme, Yanbaev, CHorluka, Dyurica, Denisov, SHishkin, SHeshukov, Samedov, Al. Miranchuk (Ozdoev, 63), Maykon (Tkachev, 76), N'Doye (Pavlyuchenko, 73).
Volga: Pareyko, Kovalchik, Polchak, CHicherin, Da Silva, Karyaka (Minosyan, 62), SHulenin, Koncedalov (Ropotan, 83), Putilo, Aldonin, Danilenko (Sarkisov, 46).
CHetlatish: Polchak, 25.
7 aprel. Moskva. "Lokomotiv" stadioni. 8 110 tomoshabin.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика