So’nggi yangiliklar

12:44Мурод Исмоилов: "Левченко борасида тезкор қарор чиқарилмаслигини истардим"  2 12:32"Тоттенхэм" "Барселона" футболчисини нишонга олди  0 12:05"Рома" А Сериядаги мағлубиятсиз сериясини 17 ўйинга етказди  3 11:41Иммобиле Италияга қайтиши мумкин?!  2 11:18Нико Уильямс МЮ билан ўйин ҳақида: "Фаворит йўқ, улар АПЛда пастда жойлашишган. Биз "Атлетик Бильбао" нималини кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  7 10:54Раньери «Рома»нинг «Верона» устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди  1 10:27Про лига. Бугун 3-тур якунланади  0 09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  8 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  7 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  13 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  10 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  6 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  29 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1

Vinisiusda endi ispan pasporti bor - "Real"da EIdan bo'lmaganlar uchun joy ochildi. Bu odatdagidan ikki barobar ko'proq vaqtni oldi Yangiliklar

Vinisiusda endi ispan pasporti bor - "Real"da EIdan bo'lmaganlar uchun joy ochildi. Bu odatdagidan ikki barobar ko'proq vaqtni oldi

SHu sabab Jezus bilan shartnoma imzolay olishmadi.


"Real" muxlislari uchun yaxshi xabar: klub qaydnomasida Evroittifoq pasporti bo'lmaganlar uchun bitta joy ochildi. Bunga sabab Vinisius Ispaniya fuqarosi bo'lganligi — sentyabr oyining boshida barcha rasmiy amallar yakunlangan edi. Konstitutciyaga qasamyod ham bor — endi barchasiga rioya qilindi.


Vinisius ikki yil oldin imtihonlarni topshirdi, ammo endi pasport oldi. Basketbol terma jamoasi etakchisiga ancha tezroq berishgan edi


Braziliyalik 2018 yildan beri "Real"da — ispan qonunchiligi Braziliya va Argentinadan kelgan insonlarga mamlakatda ikki yillik yashashdan so'ng pasport olish imkoniyatini beradi. SHu sabab Vinisius 2020 yildayoq hujjatlarni topshirgan va ikkita imtihon testidan o'tgan edi — til va milliy tarbiya bo'yicha. Hammasi yaxshi o'tdi, ammo shundan so'ng g'alati bir xotirjamlik paydo bo'ldi.


Klub milliy fuqarolik berish bilan shug'ullanadigan Ispaniya Adliya vazirligiga davo qilgan — boshqa chet ellik sportchilar hech qanday muammosiz pasport olishgan (masalan, amerikalik basketbolchi Lorenco Braun — endi u Evrobasketda Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda), Vinisius haqida esa hech qanday yangilik yo'q edi.


Madrid klubining asosiy etirozi oddiy edi: Ispaniya bilan kamroq bog'langan Vinisiusdan ko'ra boshqa chet elliklar va braziliyalikdan kechroq murojaat qilgan boshqa xorijliklar tezroq pasport olishgan. Kubalik sakrash ustasi Jordan Dias bu ishlarga bor-yo'g'i bir yil sarfladi va basketbolchi Braun hatto Ispaniyada o'ynamadi — u mamlakatga faqatgina o'z jamoasi tarkibidagi o'yinlar uchun kelgan.



"Real"da shunday muammo yaponiyalik Takefusa Kubo va yana bir Vinisius — Tobias, "Kastilya" o'yinchisi bilan bo'lgan. Ikkisini yoki hech bo'lmasa birini asosiy jamoaga o'tkazish imkonsiz edi — EIdan bo'lmagan o'yinchilar joyi band edi, ularni Vinisius Junior, Eder Militao va Rodrigo to'ldirib turardi. Vinisius Tobias yakunda hali ham yoshlar tarkibida o'ynamoqda, Takefusa Kubo esa kutishgan charchadi va bir necha ijaralardan so'ng "Real Sosedad" doimiy tarzda yo'l oldi. Darvoqe, ijarada o'ynayotgan Reyner ham huddi shu narsa sabab "Real"da o'ynamaydi.


Endi Vinisius Junior nihoyat Ispaniya fuqaroligini oldi. Militao va Rodrigo jarayonda — ispan mediasining xabariga ko'ra, bu masala maksimum bir necha oylarda hal etiladi.


"Real" yozda "Siti"dan Gabi Jezus bilan shartnoma imzolashi mumkin edi — huddi shu byurokratiya halal berdi


Kubo va Tobias — faqatgina ular uzoq davom etadigan Vinisiusning pasport jarayoni qurboni bo'lishmadi.


Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Madrid klubi yozda "Manchester Siti" bilan Karlo Anchelottiga juda ham yoqadigan Gabriel Jezusning transferi bo'yicha kelishuvga erishgan, ammo buni ro'yobga chiqara olmagan. Barchasi hozirgina ochilgan o'sha kvota deb — yakunda transferdan voz kechishga to'g'ri keldi va hujumchi "Arsenal"ga o'tdi.



"Real" Gabini Karim Benzemaning raqobatchisi sifatida ko'rgandi, ammo bu barbod bo'lganidan so'ng hech kim bilan shartnoma imzolamadi — faqatgina Mariano Dias qoldi.


Agar yangi pasport bilan barchasi reja bo'yicha davom etsa, "Real" qishki transfer oynasida bitimlar uchun ancha erkinroq bo'ladi.



Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика