Vinisius: "Kroos - afsona, u jahon darajasini namoyish etadi"
07 apr 2021 15:54
Yangiliklar
Vinisius: "Kroos - afsona, u jahon darajasini namoyish etadi"
Madridning "Real" klubi forvardi Vinisius Junior CHL 1/4 finali doirasidagi "Liverpul"ga qarshi dastlabki o'yindan so'ng jamoadoshi Toni Kroos haqida gapirdi.
"Kroos - afsonaviy futbolchi, u shunchaki aqlbovar qilmas. Hech kim Toni kabi o'ynay olmaydi. U doim jahon darajasini namoyish etadi.
Menga keladigan bo'lsak, ishlashda davom etmoqdaman. Jamoadagi sheriklarim o'sishimga yordam berishmoqda. Ular o'zimga bo'lgan ishonchimni orttirishmoqda", - deydi braziliyalik futbolchi.
"Real" ilk o'yinda "Liverpul"ni 3:1 hisobida taslim etdi. Javob o'yini keyingi hafta bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar